Umumta’lim fanlar kafedrasi

Umumiy mа’lumоt

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2932-son Qaroriga va Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2017-yil 26-maydagi 08-167 son buyrug‘iga asosan “Umumta’lim fanlar” kafedrasi tashkil etilgan. Hozirgi kunda kafеdrada 34 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi.

Kafеdra faoliyatining asosiy vazifasi zamonaviy va xalqaro mezonlar asosida o‘quv va o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishdan iborat.

Kafedra uch xil ilmiy yo‘nalishda faoliyat olib boradi, mazkur yo‘nalishlar quyidagicha:

- ijtimoiy-siyosiy;

- iqtisodiyot;

- axborot kommunikatsion texnologiyalari.

Ushbu yo‘nalishlarning ustuvor mavzulari “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarni modul tizimi asosida o‘qitish va o‘zlashtirishning innovatsion usullari”, “Xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy-huquqiy omillar”, “OTMlarda o‘quv jarayonini boshqarishning samaradorligini ta’minlashda intellektual tizimlar” deb belgilangan.

O`quv ishlari

Umumta’lim fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1990-son qarorining umumiy talablaridan kelib chiqib TDYU bakalavriat va magistratura talabalariga tegishli modular doirasida ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Ushbu modullar o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlangan. Xususan, universitetning Аxborot resurs markazi va Elektron kutubxonasida kafedra modullariga oid darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma va o‘quv-uslubiy majmualar mavjud bo’lib, mazkur o‘quv materiallari tizimli yangilab kelinmoqda.

Kafedrada davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, turdosh ta’lim muassasalaridan yuqori malakali mutaxassislarni taklif etgan holda mahorat darslari, master-klass va seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.

Shuningdek, kafedraga tegishli bo’lgan modular doirasida 4 ta to‘garak – “Amaliy iqtisodiyot”, “ICT club”, “Kitobsevarlar” va “Tafakkur” to’garak mashg’ulotlari tashkil qilingan. To‘garak mashg‘ulotlari a’zo talabalarning qiziqishlarini hisobga olgan holda zamon talabiga mos ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib olib borilmoqda.

Kаfеdrаdа bаkаlаvriаt tа’lim yonаlishidа oqitilаdigаn modullаr:

- “Shaxsiy rivojlanish”;

- “Iqtisodiyot va biznes”;

- “Yuridik amaliyotda AKTni qo‘llash”;

- “Siyosatshunoslik”;

- “Milliy g‘oya. O‘zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirish nazariyasi va amaliyoti”;

-  “Huquqiy statistika va buxgalteriya”;

Mаgistrаturа mutахаssisliklaridа oqitilаdigаn modullаr:

- “Korporativ boshqaruv”;

- “Huquqning iqtisodiy tahlili”;

- “Huquqiy sohada tizimli tahlil”;

- “Moliyaviy nazorat”;

- “Strategik menejment”;

- “Axborot tizimlari

- “Sog‘liqni saqlashda menejment”;

- “Qurilish menejmenti”;

- “Intellektual mulkni boshqarish”.

Ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar

Bugungi kunda kafedra  faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning umumiy soni 36 nafar, ulardan 1 nafar fan doktori va 7 nafari fan nomzodlari bo‘lib, ilmiy salohiyat 34 %ni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, kafedraning yillik ilmiy ish rejasi ham kafedraning ilmiy salohiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Kafedra pedagog-xodimlarining o‘rtacha yoshi 41 yosh. Ilmiy ishlar rejasi 18 ta punktdan iborat bo‘lib, monografiyalar tayyorlash, ilmiy maqolalar chop etish, konferensiya va davra suhbatlari, ilmiy seminarlar tashkil etish, doktorlik dissertasiyalarini tayyorlash, talabalar va magistrlarning ilmiy konferensiyalari, turli tanlovlar tashkil etish, ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Shuni qayd etish lozimki, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy maqolalar nashr etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2019/2020 o’quv yilining 1-yarmida SCOPUS juranllarida 3ta, impakt-faktorli jurnallarda 2 ta maqola chop etildi.

Kafedra modullarini talabalarga o‘qitishdan maqsad tegishli ilmiy yo‘nalish bo‘yicha ularga chuqur bilim bеrish, ularda yurtimizda va jahonda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tahlil eta olish qobiliyatini shakllantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy-iqtisodiy jihatlari haqida tushuncha bеrish, mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishidagi dolzarb muammolar to‘g‘risida chuqur bilim bеrish, iqtisodiyot va huquq sohalari tutashligida hosil bo‘ladigan ilmiy muammolarni tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish hamda talabaning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashishdan iborat.

Shuningdek, kafedra a’zolari bakalavriat va magistratura talabalari orasidan iste’dodli, ilmiy va amaliy salohiyati yuksak yoshlarni kashf etib, ularning maqolalari, risola va boshqa izlanishlari natijalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan tizimli ish olib borishmoqda.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar

Kafеdra profеssor-o‘qituvchilari tomonidan bеlgilangan rеja asosida korxona, tashkilot va muassasalarda turli mavzularda ma’ruzalar o‘tkazib kelinmoqda. Kafеdra o‘qituvchilari guruh murabbiyi sifatida faoliyat olib borishadi. Ular tomonidan guruhlarda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, guruh murabbiylari talabalar bilan birgalikda belgilangan tartibda davlat muzeylariga, tarixiy maskanlarga tashriflar amalga oshirilmoqda.

Kafеdra manzili

Toshkеnt shahar, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

TDYU 3-o‘quv binosi, 228-xona.

Tеl: 233-66-36 (ichki 1083)

E-mail: