Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

Umumiy mа’lumоt

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yilg 28-iyundagi PQ–1990-son “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qaroriga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tashkil etildi. Bugungi kunda kafedrada 3 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

Kafedraning vazifalari

Kafedraning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan;

  • universitet talabalarida jismoniy tarbiya to‘g‘risida chuqur nazariy bilimlarini shakllantirish va bu borada zaruriy, amaliy ko‘nikma va malakani rivojlantirish;
  • talabalar sog‘ligini mustahkamlash va jismoniy rivojlanishini kuchaytirish;
  • talabalarni nazariy bilim va o‘quv jarayoni metodikasi  bilan tanishtirish;
  • jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush borasidagi  bilimlar bilan tanishtirish;
  • talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida ommaviy sport  musobaqalarini tashkil qilish.
O‘quv va o‘quv–uslubiy ishlar

Jismoniy tarbiya inson rivojlanishi hamda oliy ta’lim muassasalarida kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda yuridik universitetda Jismoniy tarbiya darsi 1- va 2-kurs talabalari o‘rtasida fakultativ shaklda o‘tiladi. Birinchi bosqich talabalari uchun jismoniy tarbiya ishchi dasturi bo‘yicha 72 soat, ikkinchi bosqich talabalari uchun esa 76 soat rejalashtirilgan. Qolgan guruh talabalari uchun turli xil sport to‘garaklari mavjud.

2013–2014-o‘quv yili davomida   Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tomonidan 12 ta ommaviy sport musobaqalari tashkil etildi. Shulardan oltitasi talabalar o‘rtasida turli sport turlaridan va 4 tasi o‘qituvchilar o‘rtasida hamda 2 tasi yuridik kollej va litseyda o‘tkazildi.

2014–2015-o‘quv yili davomida   Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tomonidan 9 ta ommaviy sport musobaqalari tashkil etildi. Shulardan 7 tasi talabalar o‘rtasida turli sport turlaridan va 2 tasi o‘qituvchilar o‘rtasida.

2015–2016-o‘quv yili davomida   Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tomonidan 9 ta ommaviy sport musobaqalari tashkil etildi. Shulardan 6 tasi talabalar o‘rtasida turli sport turlaridan va 3 tasi o‘qituvchilar o‘rtasida.

2016–2017-o‘quv yili davomida   Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tomonidan 9 ta ommaviy sport musobaqalari tashkil etildi. Shulardan 6tasi talabalar o‘rtasida turli sport turlaridan va 3 tasi o‘qituvchilar o‘rtasida.

2017–2018-o‘quv yili davomida   Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tomonidan 12 ta ommaviy sport musobaqalari tashkil etildi. Shulardan 10 tasi talabalar o‘rtasida turli sport turlaridan va 2 tasi o‘qituvchilar o‘rtasida.

Ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar

Bugungi kunda kafedra o‘qituvchilari respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etib kelishmoqda va maqolalar chop ettirmoqda.  

 Kafedra akademik litsey, yuridik kollej hamda O‘zbekiston Respublikasi   oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik ishlarini olib boradi. 

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-axloqiy ishlar

“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi professor-o‘qituvchilari talabalar bilan suhbat, uchrashuvlar uyushtiradi. Har yili kafedra o‘qituvchilari talabalar bilan birgalikda Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga sport veteranlari bilan uchrashuvlar tashkil etadi. 2014-yil noyabr oyidan boshlab, universitet talabalari va o‘qituvchi-xodimlari uchun sport to‘garaklari tashkil etilgan: bodibilding, stol tennisi, fitness, futbol, voleybol, armrestling, shaxmat va shashka. Kafedra o‘qituvchilari Sh.T.Xolbayeva va T.U.Zufarovlar guruh murabbiyi etib tayinlangan. Guruh murabbiylari talabalar bilan bir qator ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham olib borishadi.

Bizning talabalar va o’qituvchilar turli xil sport turlari bo‘yicha universitet hamda universitetdan tashqarida bo‘ladigan musobaqalarda faol qatnashib kelmoqda. 2014-yil bizning universitetimiz o‘qituvchilari mini-futbol bo‘yicha 1-o ‘rinni egallab, Adliya vazirligi kubogini qo‘lga kiritdi.