Intellektual mulk huquqi kafedrasi

Umumiy mа’lumоt

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2932-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019 yil 11 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 fevraldagi “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4168-son qarorining ijrosini ta’minlash haqida”gi 50-um-son buyrug‘i hamda Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2018 yil 6 sentabrdagi 08-443-son buyrug‘iga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetida Intellektual mulk kafedrasi tashkil etildi.

Xozirgi kunda kafedrada TDYuU magistr tinglovchilariga “Intellektual mulk huquqi”, “Patent huquqi”, “Tibbiyot huquqi”  va “Axborot xavfsizlik” fanlari o‘qitiladi.

Yuqorida ta’kidlangan rejaga muvofiq kafedraning vazifalariga:

  • intellektual mulk sohasidagi malakali mutaxassislarni tayyorlash;
  • o‘quv-uslubiy manbalarni yaratish;
  • ta’lim sohasida BIMT bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish (professor-o‘qituvchilarni hamda talabalarni JIMTning shtab-kvartirasiga stajirovkaga yuborish muntazam ravishda amalga oshiriladi);
  • xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

Ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar

Shu bilan birga, kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi va xorijda intellektual mulkni muhofaza hamda himoya qilishga oid eng dolzarb masalalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;

  • Intellektual mulk borasida o‘quv-metodik bazani takomillashtirish;

  • Davlat organlari bilan hamkorlikda intellektual mulkka oid qonunchilikka o‘zgartishlar hamda takliflarni ishlab chiqish;

  • Ilmiy istiqbollarni hamda professional ko‘nikma va mahoratlarni oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulkka oid ma’lumotlarni keng tarqatish maqsadida, milliy va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy, ta’limiy dasturlarni amalga oshirish va buning uchun texnik, moliyaviy va boshqa turdagi ko‘maklarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish;

  • Bitiruvchilarining faoliyati intellektual mulk bilan bog‘liq oliy ta’lim muassasalarida, maxsus kurslar doirasida intellektual mulkning asoslarini o‘qitishni tashkil yetishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

  • Intellektual mulkka oid xalqaro ta’limiy dasturlarda O‘zbekiston vakillarining ishitirok etishi va o‘qishiga ko‘maklashish;

  • Bitiruvchilarining faoliyati intellektual mulk bilan aloqador bo‘lgan mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlikni o‘rnatish;

  • Jamiyatda intellektual mulk ob’ektlarini hurmat qilish va ularni himoya qilish muhim ekanligi to‘g‘risida xabardorlik darajasini oshirish.

  • TDYuU magistr tinglovchilariga “Intellektual mulk huquqi”, “Patent huquqi”, “Tibbiyot huquqi”  va “Axborot xavfsizlik” fanlarini o‘qitish;

  • Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) bilan hamkorlikni olib borish;

  • Kafedra o‘z faoliyatini intellektual mulk sohasida yagona siyosatning olib borilishiga mas’ul davlat organi hisoblangan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi bilan yaqindan hamkorlikda olib boradi.

Kafеdra manzili

Toshkent shahri, Sayilgox ko‘chasi, 35-uy.

Birinchi korpus, 306-xona.

233-66-36.

Elektron pochta: intellectualproperty@tsul.uz