Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi

Umumiy mа’lumоt

“Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1990-son va 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2932-son qarorlariga asosan o‘z faoliyatini olib bormoqda. Kafedra faoliyatining asosiy vazifasi o‘quv va o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarini amalga oshirish bilan birgalikda talabalarga “Fuqarolik protsessual huquqi”, “Iqtisodiy protsessual huquqi”, “Prokuror nazorati”, “Advokatura” fanlarining umumiy va maxsus qismiga oid tushunchalar berish, iqtisodiy ishlar bo‘yicha protsessual hujjatlar, fuqarolik ishlari bo‘yicha protssesual hujjatlarni rasmiylashtirishning protsessual tartibi yuzasidan chuqur bilim berish; moddiy va protsessual qonun normalarini amalda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish; talabalarda protsessual fanlarga oid mantiqiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish; talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; sohaga oid qonun va qonun osti hujjatlari bilan tanishish; talabaning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashishdan iborat.

Bugungi kunda kafedrada 21 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birga, o'quv jarayoniga 4 nafar advokat va boshqa amaliyot хodimlari jalb etilgan.

Ayni vaqtga qadar kafedra tomonidan 8 ta darslik, 30 dan ortiq o’quv qo’llanma, 10 dan ortiq monografiya, 12 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanma, 3 ta aхborot-tahliliy material, 2 ta sharh chop etilgan.

O`quv ishlari

Kafedraning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

5240100 “Yurisprudensiya” (Davlat-huquqiy faoliyati)

5240100 “Yurisprudensiya” (Fuqarolik-huquqiy faoliyati)

5240100 “Yurisprudensiya” (Jinoiy-huquqiy faoliyati)

5240100 “Yurisprudensiya” (Xalqaro-huquqiy faoliyati)

5240100 “Yurisprudensiya” (Tadbirkorlik-huquqiy faoliyati  (biznes huquqi))

Kafedrada  bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan fanlar

Fuqarolik-protsessual huquqi;

 Fuqarolik ishlari bo‘yicha protssesual hujjatlar;

 Iqtisodiy protsessual huquqi;

 Iqtisodiy ishlar bo‘yicha protssesual hujjatlar;

 Prokuror nazorati;

 Advokatura.

Kafedra ko‘rsatkichlari

T/r

Ko‘rsatkich nomi

soni

1.

Chop etilgan adabiyotlar

50

2.

Kafedra ilmiy salohiyati

25%

3.

Kafedra o‘rtacha yoshi

33

4.

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari

150

 

Kafedraning o‘quv faoliyati:

T/r

Ko‘rsatkich nomi

soni

1.

Master klasslar

60

2.

Ochiq darslar

15

3.

Ko‘chma darslar

25

Ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar

Kafedraning ilmiy salohiyati 25% tashkil etib, ulardan fan doktori 2 nafar, fan nomzodi 2 nafardan iborat. Ayni paytda kafedrada 12 nafar mustaqil-izlanuvchilar, 2 nafar tayanch doktarant faoliyat yuritadi. OOMTVning 2008-yil 8-avgustdagi  237-sonli buyrug`i ijrosi yuzasidan “Yosh protsessualist” nomli ilmiy to`garak tashkil etilgan bo`lib, uning tarkibiga 10 nafar iqtidorli talabalr biriktirilgan bo`lib, ular tomonidan fuqarolik-protsessual huquqining dolzarb muammolari ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedra tomonidan amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi shuningdek, bir qator huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik ishlari yo`lga qo`yilgan.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar

Kafеdra profеssor-o‘qituvchilari tomonidan bеlgilangan rеja asosida korxona, tashkilot va muassasalarda turli mavzularda ma’ruzalar o‘tkazib kelinmoqda. Kafеdraning 12 ta o‘qituvchisi guruh murabbiyi sifatida faoliyat olib borishadi. Ular tomonidan guruhlarda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Kafеdra manzili

Toshkent shaxar, Sayilgih ko`chasi, 35-uy, 2-o`quv binosi 209-xona

Tel: 233-66-36 (ichki 1055)