Umumiy ma’lumot

Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda TDYU deb yuritiladi)ning 4-kurs dekanati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2932-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

4-kurs dekanati TDYU rektorining 2017-yil 3-iyundagi 08-185-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetining 4-kurs dekanati to‘g‘risidagi nizomga asosan faoliyat olib boradi.

Dekanat universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, 4-kurs bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borishni ta’minlaydi, shuningdek Davlat huquqi va boshqaruvi, Xalqaro tijorat huquqi, Xalqaro ommaviy huquq va Til o‘rgatish kafedralariga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Hozirgi kunda 4-kursda 6 ta potok va 25 ta akademik guruhlarda 464 nafar talaba tahsil olib, shundan 415 nafarini o‘g‘il bolalar va 49 nafarini qiz bolalar tashkil etadi.