Umumiy ma`lumot

Toshkent davlat yuridik universitetining 2-kurs dekanati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2932-son qaroriga muvofiq hamda TDYU rektorining 2017-yil 3-iyundagi 08-185 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Toshkent davlat yuridik universitetining 2-kurs dekanati to‘g‘risida”gi Nizomga asosan tashkil etilgan.

Dekanat universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, 2-kurs bakalavriat ta'lim yo‘nalishida ta'lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borishni ta'minlaydi, shuningdek Fuqarolik huquqi, Jinoyat huquqi, Biznes huquqi va Intellektual mulk huquqi kafedralariga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Hozirgi kunda 2-kursda 941 ta talaba oqiydi. Bulardan 788 ta o`g`il bola va 153 tasi qiz bola.

Ushbu dekanatda 7 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Dekan Topildiyev Bahrom Rahimjonovich, dekan o‘rinbosarlari Sayidumarov Oybek Tursunxo‘ja o‘g‘li va  Rahmatov Elyor Jumaboyevich,  uslubchi Xakimova Shaxzoda Dilshod qizi, ish yurituvchilar Uralbayev Baxitbay Tenalbay uli va Kozimov Diyor Doniyor o‘g‘li va dispetcher Qayumov Alisher Abdug‘aniyevich.