Уuridik klinikasi

Umumiy ma`lumot

Toshkent davlat yuridik universitetining Yuridik klinikasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining hay'at qarorlari va buyruqlari, universitet Ustavi, universitet Kengashi qarorlari, universitet rektorining buyruqlari hamda Yuridik klinika to'g'risidagi nizomga muvofiq ravishda olib boradi.

Yuridik klinika universitetning tarkibiy bo'linmasi hisoblanib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg'unligini ta'minlash, talabalarda amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga beg'araz yuridik maslahatlar ko'rsatish bilan bog'liq faoliyatni amalga oshiradi.

Yuridik klinikaning asosiy maqsadi talabalarda amaliy ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat.

Yuridik klinikaning asosiy vazifalari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda talabalarni nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg'unligini ta'minlash; jismoniy va yuridik shaxslarga beg'araz, bepul yuridik yordam ko'rsatish; talabalarning yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish orqali yuridik sohadagi professional tayyorgarlik darajasini oshirish; klinikaning faoliyatiga oid materiallarni o'quv jarayoniga tatbiq etishdan iborat.