Xalqaro aloqalar bo`limi

Umumiy ma’lumot

Xalqaro aloqalar bo‘limi O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2013-yil 
28-iyundаgi “Yuridik kаdrlаr tаyyorlаsh tizimini yanаdа tаkоmillаshtirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi PQ–1990-sоn qаrоri va 2017-yil 28-apreldаgi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2932-sоn qarorigа ko‘rа, o‘z fаоliyatini yangi yo‘nаlishlаr bilаn qаytаdаn bоshlаgаn.

Bo‘lim fаоliyatining аsоsiy vаzifаlari quyidagilardan iborat:

  • yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash;

  • xodim va talabalarning xorijda o‘qishi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi, tajriba almashishi, malaka oshirish va stajirovka o‘tash kurslarida ishtirok etishi, shuningdek talabalarning akademik almashinuvini ta’minlashga ko‘maklashish;

  • yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlarining amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, ularning universitet o‘quv jarayonida va yuridik klinika faoliyatida ishtirok etishiga ko‘maklashish hamda universitetga tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlarni tashkil etish;

  • xalqaro ilmiy tadbirlar o‘tkazish hamda xodim va talabalarning xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlar va tanlovlar (musobaqalar)da ishtirok etishiga ko‘maklashish.