Tоshkеnt dаvlаt yuridik univеrsitеti Litsеy vа kоllеjlаr bilаn ishlаsh bo‘limi

Umumiy ma’lumot

Litsey va kollejlar bilan ishlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”gi 858-son qaroriga hamda Toshkent davlat yuridik universiteti Ustaviga muvofiq tashkil etilgan.

Bo’lim o'z faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, universitet ustavi, universitet kengashining qarorlari hamda universitet rektorining buyruqlariga va Litsey va kollejlar bilan ishlash bo‘limi nizomiga amal qiladi.

Bo’limning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari hamda akademik litsey o‘quvchilarining bilim darajasini va salohiyatini yuksaltirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularni maqsadli ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, o‘quv jarayonining sifatini, samaradorligini oshirish, innovatsion rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek pedagog xodimlarning pedagogik mahoratini oshirishda universitetning o‘quv, ilmiy salohiyatidan, moddiy-texnika bazasi, ta’lim va axborot-resurslaridan samarali foydalanishda ko‘maklashishdan iborat.