Umumiy ma`lumot

Tipografiya Toshkent davlat yuridik universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, bu yerda ilmiy jurnal va gazetalar, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, qonunlarga sharhlar va boshqa adabiyotlar chop etiladi.

Tipografiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, universitet Ustavi, universitet Kengashi qarorlari hamda universitet rektorining buyruqlariga muvofiq olib boradi.

Tipografiya bevosita moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi.

Tipografiyaning asosiy vazifalari quyidagilar:

– ilmiy jurnallar va gazetalar, darsliklar, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, qonunlarga sharhlar va boshqa adabiyotlarni nashrga tayyorlash va chop etish;

– universitet faoliyatida ish yuritish uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi blank va boshqa materiallarni chop etish.

Tipografiya universitet xodim va talabalariga qulaylik yaratish maqsadida oq/qora, rangli nusxa ko‘chirish va ko‘paytirish xizmatlarini ko‘rsatadi.

Tipografiya qoshida ochilgan do‘konda yuridik adabiyot va kodekslar, shuningdek  o‘quv qurollarini sotish yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirgi kunga qadar tipografiya tomonidan 100 dan ziyod darslik, 300 dan ziyod o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 50 dan ziyod ilmiy-ommabop to‘plam va jurnal,  300 dan ziyod risola chop etilgan.

Tipografiyada mahsulotni ishlab chiqarish uchun quyidagi texnik jihozlardan foydalaniladi:

- rizograf RISO EZ571E;

- rangli printer Konica Minolta Bizhub C353P;

- qog‘oz buklaydigan uskuna (bigovalno-perforatsionnaya mashina) GPM 450 Cyklos;

- qogoz kesish apparati (Rezak) IDEAL-4705;

- termokley uskunasi Glue Binding machine Mingyue 60HC-A4/A3 767HC;

- ko‘p funksiyali printer (oq/qora) Konica Minolta Bizhub 211;

- elektrostepler Rapid 106E;

- kserokopiya apparati Canon IR 2318;

- kserokopiya apparati Canon IR 2016;

- broshurovshik RENZ Combi S;

- laminator Fellows SPL 450.

Tipografiyada bo‘lim boshlig‘i, 1-toifali dasturlovchi-muhandis, tipografiya dizayneri, nashrga tayyorlash bo‘yicha operator, 2 nafar muqovachi, 3 nafar nusxa ko‘chirish va ko‘paytirish operatori hamda 1-toifali buxgalter faoliyat yuritadi.