Tahririy-nashriyot bo‘limi

Umumiy ma`lumot

Tahririy-nashriyot bo‘limi Toshkent davlat yuridik universiteti tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlari, universitet ustavi va kengash qarorlari, TDYU rektori buyruqlari va bo‘lim nizomiga amal qiladi.  

Bo‘limning asosiy vazifalariga universitet professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, magistrant hamda talabalari tomonidan tayyorlangan darsliklar, o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, risolalar, monografiyalar, ilmiy-amaliy jurnal, ilmiy to‘plamlar, konferensiya materiallari to‘plamlari, axborot-tahliliy materiallar va tavsiyalarni tahrirdan o‘tkazish hamda nashrga tayyorlash kiradi.

Bo‘limda 5 nafar xodim faoliyat olib boradi va ular bo’lim boshlig’i, 3 ta muharrir va 1 ta texnik muharrirdan iborat.

Manzil

Toshkent shahar Amir Temur shoh ko‘chasi 35-uyning 3-o‘quv binosi 229, 233-xona.

Tel.: 233-66-36 (1168, 1169).

E-mail: iztdyu@mail.uz.