Monitoring va ichki nazorat boʻlimi

Umumiy ma`lumot

Monitoring va ichki nazorat boʻlimi Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2013-yil 27-noyabrdagi “Toshkent davlat yuridik universiteti tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
08-320-sonli buyrugʻiga muvofiq tashkil topgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1990-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-sonli, 1999-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining 2013-yil 6-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ijro intizomini mustahkamlash haqida”gi 407-sonli buyrugʻi hamda Toshkent davlat yuridik universitetining Nizomiga muvofiq faoliyat yuritadi. Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2016-yil
4-sentabrdagi 08-234-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Toshkent davlat yuridik universiteti Monitoring va ichki nazorat boʻlimi toʻgʻrisida”gi Nizom boʻlimning maqsadi va vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilab beradi. 

Boʻlim universitetning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, universitet rektoriga boʻysunadi. 

Boʻlim universitetda nazorat ishlarini muvofiqlashtirish, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomining ahvolini oʻrganish, ijro nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash, ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish, ularni tizimli tahlil qilish hamda muntazam monitoringini olib borish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiradi.

Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlari, topshiriqlari, universitet Kengashi qarorlari, universitet rektorining buyruqlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini monitoring qilish va ichki nazoratni amalga oshirish;
  • universitet kafedralari va boshqa tarkibiy bo’linmalari tomonidan ish yuritish va hujjatlar ijrosi hamda fuqarolarning yozma va ogʻzaki murojaatlarini qonuniy hal etilishi ustidan ichki nazoratni amalga oshirish.

Boʻlimning huquqlari

Boʻlim oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlardan foydalanadi:

  • Boʻlim oʻziga yuklatilgan vazifalarni va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar hamda ma’lumotlarni universitet kafedralari va boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan belgilangan tartibda talab qilib olish;

  • zarur hollarda ijro intizomiga rioya qilmagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy jazo choralarini koʻrish yuzasidan universitet rektoriga takliflar kiritish;

  • hujjatlar bilan ishlash hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan oʻquv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etish; Boʻlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.