Moliya-iqtisod bo`lim

Umumiy ma`lumot

Moliya-iqtisod bo‘limi universitetning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish va ichki moliyaviy nazoratni oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Moliya-iqtisod bo’limining asosiy vazifalari universitet va uning barcha tarkibiy bo‘linmalari moliyaviy faoliyatini tashkil etish, asosli rejalashtirish, moliyaviy mablag’lardan oqilona foydalanish hamda byudjetdan tashqari mablag’larni jalb etish va prognozlashdan iborat.

Bo`limning vazifalari

Moliya-iqtisod bo‘limining asosiy xizmat vazifalari:

  • byudjet mablag’lari hamda daromad olib keluvchi faoliyatlar tushumlarini rejalashtirish, asosnoma va hisob-kitoblarni keltirgan holda universitetning barcha faoliyatlari mablag’larining  daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish;
  • universitetning moliya-xo‘jalik faoliyatini analiz qilish va xarajatlar smetasi asosida mablag’lardan foydalanish;
  • universitetning byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo‘yicha shtatlar jadvallarini tuzish;
  • universitetning boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari tarkibi shtatlar sonini hisoblash va shtatlar tuzilmasini ishlab chiqish;
  • lavozimlar nomlarini kvalifikatsiya bo‘yicha to‘g’riligi, tarif stavkalari, lavozim okladlari, qo‘shimcha va ustama haqlarning qo‘llanishi to‘g’riligini nazorat qilib borish;
  • tegishli tashkilotlarga moliyaviy-iqtisodiy hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlab taqdim etish;
  • yangiliklar, sodir bo‘layotgan moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan rahbariyatni o‘z vaqtida tanishtirib borish;
  • universitet faoliyati uchun  xarid qilinishi lozim bo‘lgan tavarlar, ishlar va xizmatlarni tovar-xom ashyo birjasining elektron savdo portaliga joylashtirish va nazorat qilish.

Toshkent davlat yuridik universiteti 2019 yilda davlat xaridlari orqali xarid qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati

Toshkent davlat yuridik universitetining ish haqqini hisoblash va mukofotlarni taqsimlash qoidalari