Marketing bo`limi

Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

universitetda o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qitish uchun ikki yoki uch tomonlama kontraktlar (bundan buyon matnda kontrakt deb yuritiladi) tuzilishini ta’minlash;

 kontraktlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish va tushgan mablag‘lar hisobini yuritish.

Bo‘lim o‘z oldiga quygan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:

yangi o‘quv yilida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli asosida talabalikka tavsiya etilib, dars mashg‘ulotlariga qatnashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi universitet rektorining bo‘yrug‘iga asosan, shuningdek kursdan kursga o‘tkazilayotgan va o‘qishga qayta tiklanayotgan talabalarga kontraktlarni rasmiylashtirish;

o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qiyotgan talabalar  tomonidan to‘lovlarning amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilib olish va yuritish;

Dekanatlari va magistratura bo‘limiga kontraktlar bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishi yuzasidan ma’lumot taqdim etish;

Dekanatlari va magistratura bo‘limi tomonidan kontraktlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash holati to‘g‘risida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga haftalik ma’lumot taqdim etib borish;

o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha tushgan mablag‘lar tug‘risidagi hisobatlarni o‘z vaqtida tayyorlash va O‘zbekiston Ruspublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etib borish;

o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorakda buxgalteriyaga  taqdim etib borish;

o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqib, moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektorga takliflar kiritish;

Bo‘lim faoliyatiga, shuningdek o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha tushgan mablag‘larga oid tahliliy ma’lumotlarni moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektorga doimiy ravishda ma’lumot taqdim etib borish.

Shartnoma