Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi

Umumiy ma`lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takkomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-son qarori hamda Adliya vaziri o‘rinbosari – rektorning 2018 yil 13-avgustdagi 08-406-son buyrug‘iga asosan Toshkent davlat yuridik universitetida Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tashkil etildi.

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

universitet ilmiy-pedagogik kadrlari, doktorantlar, talabalar, shuningdek boshqa tashkilot mutaxassislarini budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari xisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy-innovatsion ishlar va xizmatlarga jalb qilish;

universitetning intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoyalash, jumladan, intellektual mulk obyektlarini O‘zbekiston Respublikasi va xorijda patentlash hamda ro‘yxatdan o‘tkazishga buyurtmalar berish;

ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, pudrat, hamkorligidagi faoliyat, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik haqida va intellektul mulk masalalariga taalluqli boshqa shartnomalarni tayyorlash va bajarilishini nazorat qilish;

boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslarning intellektual mulk obyektlarini yaratish, qo‘riqlash hamda foydalanish bilan bog‘liq buyurtmalari bo‘yicha ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish;

universitet ishlanmalari va intellektual faoliyat natijalari haqida axborotni to‘plash, saqlash hamda ma’lumotlar bazasini yuritish, ommalashtirish va foydalanish samaradorligini monitoring qilish;

raqobatbardosh fan-texnika mahsulotlarini yaratish va ilgari surish, xususan, intellektual faoliyat natijalarini amaliy qo‘llash (joriy etish) uchun Innovatsion jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash, universitetning ilmiy jamoalarini qo‘llab-quvvatlash.

Innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini shakllantirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida universitetning innovatsion jamg‘armasini tashkil etish hamda Innovatsion jamg‘arma nizomini tasdiqlash bo‘yicha TDYU rektorining 2018-yil 13-avgustdagi 08-405-son buyrug‘i qabul qilinib, universitetda Innovatsion jamg‘arma tashkil etilgan.

TDYU rektorining 2018-yil 1-noyabrdagi 08-527-son buyrug‘i bilan “Innovatsion kengash to‘g‘risida”gi nizom  va kengash tarkibi tasdiqlangan.

Quyidagilar kengashning vazifalari hisoblanadi:

ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni rag‘batlashtirish;

ilmiy-laboratoriya uskunalari, xarajat materiallari va komplektlarni sotib olish;

ilmiy tadqiqot infratuzilmasini shakllantirish va yangilab borish, ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish;

universitetning Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatini moliyalashtirish;

innovatsion faoliyat bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni amalga oshirish, shu jumladan universitet xodimlari va doktorantlarining ilmiy tadqiqot natijalarini xorijiy jurnallarda nashr qilish bo‘yicha xarajatlarni kompensatsiya qilish va boshqalar.

Ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3698-son va 2018-yil 14-iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3855-son qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi “Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatning istiqbolli yutuqlarini joriy qilishning samarali mexanizmlarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 979-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetida ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish hamda tijoratlashtirishda ishtirok etgan muallif yoki ilmiy jamoaga bir martalik mukofot to‘lash yo‘lga qo‘yildi.

TDYU Innovatsion kengashining 2018-yil 14-noyabr 1-son majlisida ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish tartibi muhokama qilinib, TDYU rektorining 2019-yil 5-fevraldagi 08-51-son buyrug‘i bilan “Ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda universitetda kuyidagi 19 turdagi huquqiy xizmatlar tijoratlashtirilmoqda:

huquqiy targ‘ibotlarni amalga oshirish;

huquqiy maslahat berish;

yuridik shaxslar lokal hujjatlarining loyihalarini tayyorlash;

normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ekspertizadan o‘tkazish;

qonun hujjatlari va ularning normalari mazmun-mohiyatini tushuntirish;

shartnoma loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish;

huquqiy va boshqa ayrim ijtimoiy fanlarga oid darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanma, monografiya, axborot-tahliliy material, ilmiy-amaliy sharh va risola tayyorlash;

huquqiy va boshqa ayrim ijtimoiy mavzularda davra suhbatlari, ilmiy seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish;

huquqiy tarjima ishini bajarish;

huquqiy targ‘ibot materiallarini tayyorlab berish;

huquqiy ta’lim xizmatini ko‘rsatish;

mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq lokal hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish;

yuridik shaxs tashkil etilganda, qayta tashkil etilganda, uning huquqiy maqomi o‘zgarganda huquqiy qo‘llab-quvvatlash;

o‘quv, ilmiy va boshqa bosma materiallarni tahrir etish, taqriz va xulosalar berish;

modul-kredit tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quv dasturlar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish;

ta’lim jarayonida yangi texnologiyalar asosida o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazish;

ta’lim muassasasi faoliyatini tartibga solishga qaratilgan nizom, yo‘riqnoma va dasturlar loyihalarini ishlab chiqish;

huquqiy sohada axborot kommunikatsion texnologiyani qo‘llash bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish.

Universitet buyurtmachilar taklifiga ko‘ra universitet qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa huquqiy xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin. 

Ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Universitet tomonidan ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan 2019-yilda 20 ta xo‘jalik shartnomlari imzolangan. Bu borada ishlar jadal davom etmoqda.

2019-yilda Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'yicha universitet tomonidan shartnoma asosida buyurtmachilarga jami 12 ta ilmiy ishlanmalar, shundan 1 ta monografiya, 11 ta amaliy qo'llanmalar tayyorlandi. Bular: “Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari” nomli monografiya hamda “Transport (havo, temiryo'l va jamoat transportlari)da yuk va yo'lovchi tashish xizmatlarini ko'rsatish sohasida iste'molchilarning huquqlari” nomli, “Tibbiy xizmatlar ko'rsatishda (imtiyoz asosida va pullik) iste'molchilarning huquq va majburiyatlari” nomli, “Savdo va xizmat ko'rsatishda iste'molchilarning huquq va majburiyatlari” nomli, “Aloqa va internet xizmatlarida iste'molchilarnig huquqlari” nomli, “Kommunal (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining) xizmatlar sohasida iste'molchilarning huquq va majburiyatlari” nomli, “Mehmonxona va turizm sohasida iste'molchilarning huquq va majburiyatlari” nomli, “Energiya ta'minoti sohasida iste'molchilarning huquq va majburiyatlari” nomli va “Umumiy ovqatlanish sohasida iste'molchilarning huquq va majburiyatlari” nomli, “Moliyaviy xizmatlar sohasida iste'molchilarning huquq va majburiyatlari” nomli, “Dori-darmon, mebel`, tilla buyumlar savdosida iste'molchilarning huquq va majburiyatlari” nomli va “Ta'lim sohasida iste'molchilarning huquq va majburiyatlari” amaliy qo'llanmalar tayyorlanib, buyurtmachiga yetkazilishi ta'minlandi.

2019-yilda “Cheap and comfort” MChJ, “Real star max” MChJ, “Orol oltin diyori” f/x, “Muhammadrizo-N” f/х, O’zMU, “World Edupia” NTM, “Paxlavon Akmal” xk, “Premium petrol service” MChJ, “Bekzod Vet” MChJ, ООО “Shaxriston Turkiston”, “Qoraqishloq” MFY, “Yodli meros” MChJ, “Amirxon plyus” MChJ, “Tafakkur charxpalagi” MChJ, O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi, O’zbekiston milliy metrologiya instituti, “Inno lab” MChJ, “United tax advisors” advokatlik byurosi ва Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazlari bilan xo'jalik shartnomalari tuzilgan. Xo'jalik shartnomalari asosida innovatsion huquqiy xizmatlar ko’rsatilgan.

Universitet kafedralari bilan hamkorlikda bugungi kunda aholini qiziqtirayotgan, ular to'qnash kelayotgan huquqiy vaziyatlarning yechimiga oid masalalar aks etgan turkum (seriyali) huquqiy ommabop qo'llanmalar tayyorlanmoqda.

Shu bilan birga, 2019-yilning 26-sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Инвестор курс на Узбекистан” global xalqaro konferensiyasida, 2019-yilning 7-oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etgan “Akselerator laboratoriyasi” ochilish marosimida, 2019-yilning 29-31 oktyabr kunlari “INNOWEEK-2019” Xalqaro innovatsion-investitsion forumda tashkil etilgan davra suhbatlarida ishtirok etildi.

Universitetda yurisprudensiyada innovatsion ishlanmalarni joriy qilish bo'yicha Legal Tech hamda Forsayt (Foresight) markazlari tashkil qilish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bu yo’nalishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ilmiy-innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi tomonidan, shuningdek professor-o'qituvchilar, doktorantlar va iqtidorli talabalarni innovatsion ishlanmalarni yaratish va tijoratlashtirish faoliyatiga qiziqtirish ishlarini ham keng doirada olib borilmoqda. Xususan, 2019-yil aprel oyi davomida TDYU professor-o'qituvchilari, doktorantlari va iqtidorli talabalarini “Innovation & Initiative 2019” innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplarga jalb etishga qaratilgan tanlovlar tashkil etildi.

Universiteda “Talabalar orasida yangi startaplar uchun tanlovlar o'tkazish to'g'risida”gi nizom tasdiqlanib, mazkur nizom asosida 2019-yilning 13-may kuni “Eng yaxshi innovatsion loyiha”, “Eng yaxshi mustaqil ish”, “Eng yaxshi ijodiy yondashuv”, “Eng yaxshi innovatsion g'oya” va “Innovatsion ta'lim” loyihalari bo'yicha tanlov g'oliblari aniqlandi. “Eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovida
I o'rinni 1-kurs talabasi Mirsoliyeva Farangiz Dilmurod qizi, “Eng yaxshi mustaqil ish” tanlovida I o'rinni 1-kurs talabasi Nasriddinov Nizomiddin Bahodir o'g'li, “Innovatsion ta'lim” tanlovida I-o'rinni 3-kurs talabasi Ikromov Murodjon Aminjonovich, “Eng yaxshi ijodiy yondashuv” tanlovida I o'rinni 1-kurs talabasi Olimjonov Islombek Ilyosjon o'g'li, “Eng yaxshi innovatsion g'oya” tanlovida
I o'rinni 1-kurs talabasi Jo'rayeva Muslimaxon Baxodir qizi qo'lga kiritdi hamda universitet tomonidan tanlov g'oliblari faxriy yorliqlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 2019-yil noyabr-dekabr oylarida “Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika” kafedrasi, 3-kurs dekanati va Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda talabalar uchun mukofot jamg‘armasi eng kam oylik ish haqining 24 baravari bo‘lgan “Jinoyat ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi”– jinoyat protsessi bo’yicha talabalar tanlovini o‘tkazildi va go’lib jamoalar taqdirlandi.

Universitetda Scopus,Web of Science kabi xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasiga kiritilgan yuqori nufuzli xalqaro jurnallarda ilmiy maqola nashr etgan professor-o'qituvchilar Innovatsion jamg'arma mablag'lari hisobidan rag'batlantirib borilmoqda. Bugungi kunga qadar shunday turdagi xalqaro jurnallarda ilmiy maqola nashr etgan 22 nafar professor-o'qituvchilar pul mukofotlari bilan rag'batlantirildi.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar

Bugungi kunda universitetda 6 ta davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur davlat ilmiy-texnika dasturlaridan 3 tasi 2017–2021 yillarga mo‘ljallangan fundamental, 3 tasi 2018–2020 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlar hisoblanadi.

1. BF-1-013 “Tadbirkorlik qonun hujjatlarini tizimlashtirishning nazariy va ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish: milliy va xorijiy tajriba” nomli fundamental tadqiqotlar loyihasi. Loyiha rahbari – yu.f.n., Ye.S.Kanyazov.

2. BF-1-012 “Investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va tavakkalchilik xavf-xatarini kamaytirishning huquqiy mexanizmini yaratishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli fundamental tadqiqotlar loyihasi. Loyiha rahbari – yu.f.d., prof. O.Oqyulov.

3. BF1-010 “O‘zbekiston Respublikasida “Elektron xukumat” yaratishning konseptual va huquqiy asoslari” nomli fundamental tadqiqotlar loyihasi. Loyiha rahbari – yu.f.d., S.M.Adilxodjaeva.

4. PZ-20170927453 “Sud qarorlarini majburiy ijro etish mexanizmini yanada takomillashtirish masalalari (fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlari misolida)”. Loyiha rahbari – yu.f.d., prof. Z.Esanova.

5. PZ-2017093094 “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni aniqlash va tergov kilishda maxsus bilimlardan foydalanish” nomli amaliy tadqiqotlar loyihasi. Loyiha rahbari –  yu.f.n., prof. U.A.Tuxtasheva.

6. PZ-201708272 “O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tijorat arbitrajining huquqiy asoslari va faoliyatini takomillashtirishning zamonaviy tendensiyalari” nomli amaliy tadqiqotlar loyihasi. Loyiha rahbari– yu.f.d., dos. I.Rustambekov.

Mazkur tadqiqot loyihalarida jami 52 nafar ijrochilar, shu jumladan 37 nafar professor-o'qituvchilar, 15 nafar doktorant va mustaqil izlanuvchilar jalb qilingan. Universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida 2019-yilda 8 ta darslik, 1 ta monografiya, 4 ta risola, 5 ta o'quv qo'llanma, xorijiy jurnallarda 16 ta, OAK ro'yxatiga kiritilgan O'zbekiston jurnallarida 61 ta ilmiy maqolalar, ilmiy anjuman to'plamlarida 57 ta tezis hamda maqolalar (shu jumladan, 22 tasi xorijiy davlatlar konferensiyalarida) chop etilgan, O'zbekiston Respublikasining qonunlari loyihalari hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlariga 15 ta takliflar tayyorlangan.

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining e'lon qilingan o'z xarajatlarini o'zi qoplash asosida moliyalashtiriladigan ustuvor ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovida ishtirok etish uchun universitet tomonidan 2019 yilda 16 ta, jami 22,4 milliard so'mlik amaliy tadqiqot loyihalari tayyorlanib, vazirlikka taqdim etildi.