Kadrlar bo’limi

Umumiy ma`lumot

Kadrlar bo’limi universitetning kadrlar siyosatini amalga oshiruvchi aloxida tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Quyidagilar bo`limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

universitet va xodimlar o’rtasidagi mexnatga oid munosabatlarga doir xujjatlarning rasmiylashtirilishini ta’minlash; universitet xodimlari haqidagi zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish; universitetning tashkiliy tuzilmasiga o’zgartirish kiritish haqidagi takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish; xodimlar bilan munosabatlarda mehnatga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash.

Kadrlar bo’limining shtat birligi:

1-bo’lim boshlig’i;

1-xodimlar bo`yicha muxandis;

2-inspektor.

Kadrlar bo‘limining faoliyati va vazifalari

TDYU Kadrlar bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘limi hisoblanadi. Kadrlar bo‘limi universitet Ustavi asosida ish yuritadi, o‘z amaliy faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, universitet rektorining buyruq va ko‘rsatmalari dasturiga amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini, Prezident Farmoyishlarni, Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish xaqidagi qarorlarni amalda qo‘llangan  holda universitet rahbariyati bilan birgalikda kerakli mutaxassislikka va malakaga ega bo‘lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.