Ekspluatatsiya-xo‘jalik bo‘limi

Umumiy ma`lumot

Ekspluatatsiya-xo‘jalik bo‘limi haqida

Universitet binolarida ekspluatatsiya-xo‘jalik ishlarini olib borish, joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish, bo‘lim ishchi xodimlarini ularga tegishli bo‘lgan ishlarini olib borishini tartibga solishni ta’minlashdan iborat.

Ekspluatatsiya-xo‘jalik bo‘limining faoliyati va vazifalari

• Ekspluatatsiya-xo‘jalik bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bo‘lim universitet Ustavi asosida ish yuritadi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, universitet rektorining buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi.

• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida universitetda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish, uni bajarilishini doimiy nazoratga olishni tashkil etish.

• Ekspluatatsiya-xo‘jalik bo‘limi tarkibida ish turlari bo‘yicha quyidagi guruhlar belgilanadi:

- bino komendantlari, bosh energetik, bosh muhandis, muhandis va xizmat ko‘rsatuvchilar tarkibi bilan ishlash;

- har bir guruhda ish ekspluatatsiya-xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i rahbarligi ostida lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq mustaqil ravishda bino komendantlari, bosh muhandis, bosh energetik, muhandis va xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan olib boriladi.

- ekspluatatsiya-xo‘jalik bo‘limi universitet bo‘lim va kafedralaridan kelib tushgan talabnomalarni o‘rganib chiqib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi.

- ekspluatatsiya-xo‘jalik bo‘limi o‘z ish malakalarini oshirish, mehnat qonunchiligi asosida ichki tartib qoidalarini bajarishlari lozim.

Ekspluatatsiya-xojalik bolimining vazifalari:

• Universitet hududi va binolari holatini doimiy nazoratga olish va aniqlangan

kamchiliklarni bartaraf etish;

• universitet ma’muriy va o‘quv binolari, talabalar turar joyi binolarini kapital va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish;

• universitet ekspluatatsiya-xo‘jalik ishlarini olib borish;

• mavjud xo‘jalik jihozlarini doimiy but holatda bo‘lishini ta’minlash;

• xo‘jalik jihozlarning ayrim qismlarini qisman almashtirish va tuzatish hamda

jihozlarni ta’mirlash va butlash yoki yangisiga almashtirish, zarur bo‘lganda tegishli korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirish;

• universitetda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini olib borish, tozalikni saqlash, o‘quv jarayoni uchun shart-sharoitlarni yaxshilash;

• santexnika vositalarini doimiy yaxshi ishlashini ta’minlash, ushbu jihozlarning ayrim qismlarini almashtirish, tuzatish yoki yangisiga almashtirish;

• universitet ma’muriy, o‘quv hamda talabalar turar joyi binolarining isitish tizimini doimiy soz holatda bo‘lishini ta’minlash, yilda bir marotaba yuqori bosim ostida yuvish ishlarini tashkil etish;

• universitet ma’muriy, o‘quv hamda talabalar turar joyi binolarining elektr tizimini doimiy nazoratga olish, elektrotexnika vositalarini yaxshi ishlashini ta’minlash, ayrim nosoz qismlarini ta’mirlash va (yoki) yangisiga almashtirish.

• universitet xonalarining jihozlanish holatini yaxshilash, rivojlantirish hamda

takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

• universitetda ichki va tashqi aloqa vositalarini doimiy soz holatda bo‘lishini

ta’minlash, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish.

• universitetga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining texnik holatini ko‘zdan kechirish, yo‘l varaqalari berish va avtotransport vositalaridan foydalanish hamda yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash.

• talabalar turar joyida yashaydigan talabalarni toza choyshablar bilan ta’minlash, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, barcha xo‘jalik buyurtmalarining but holatda bo‘lishini nazoratga olish, zarurat tug‘ilganda yangi choyshablar va mebel jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish va h.k.lar.