Kanselariya va arxiv bo‘limi

Umumiy ma`lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1990-son qarori asosida Toshkent davlat yuridik universiteti devonxonasi tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2932-son qarori bilan Kanselariya va arxiv qayta tashkil etildi. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2017-yil 5-iyundagi 08-187-sonli buyrug‘i bilan kanselariya va arxiv to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Universitet kanselariyasi ushbu nizom asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Universitet kanselariyasida  1 nafar kanselariya  mudiri, 1 nafar kuryer, 1 nafar ish yurituvchi vazifalarida xodimlar faoliyat olib bormoqda.

Kanselariyada  foydalanilayotgan dasturiy ta’minotlar to‘g‘risida ma’lumot

Kanselariyada kiruvchi hujjatlarni qabul qilib olish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining korporativ tarmog‘i (infox.edu.uz), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi korporativ tarmog‘i (infox.tdi.edu.uz), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va turli tashkilotlardan kiruvchi  elektron hujjatlarni qabul qilib olish uchun elektron  dasturlari yuritilmoqda. Universitetda yuritilayotgan hujjatlarni elektron tarzda nazorat qilish uchun av.ijro.uz dasturlaridan foydalanib kelinmoqda.

 Toshkent  davlat yuridik universitetida hujjatlar nazoratining avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish holati

 Toshkent davlat yuridik universitetida hujjatlar nazoratining avtomatlashtirilgan tizimidan 2015-yildan buyon foydalanib kelinmoqda. Universitetga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, yuqori tashkilotlardan kirim bo‘layotgan hujjatlarning barchasi av.ijro.uz ga kiritilib nazoratga olinadi.

Arxiv haqida malumot 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1990-son qarori asosida Toshkent davlat yuridik universiteti архив tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2932-son qarori bilan Kanselariya va arxiv qayta tashkil etildi. Universitet arxivi oz faoliyatida Ozbekiston Respublikasining “Arxiv to`g`risida”gi qonunga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari (5-aprel 2012-yildagi 101-sonli, 1999 yili 29-martdagi 140 sonli, 1999-yili 12-yanvardagi 12-sonli, 1999-yili 30-apreldagi 482-sonli qarorlar), Universitet Ustavi va Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2017-yil 5-iyundagi 08-187-sonli buyrug‘i bilan kanselariya va arxiv to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizomiga amal qiladi . Universitet arxivi ushbu nizom asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Universitet arxivida arxiv mudiri va arxivarius vazifalarida xodimlar faoliyat olib bormoqda.

  Arxivning asosiy vazifalari: hujjatlarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish va doimiy saqlov uchun Toshkent shahar davlat arxiviga topshirishdan iborat.

  Ozbekiston Respublikasi Toshkent davlat arxivi bilan kelishilgan meyoriy-uslubiy hujjatlarga muvofiq tashkilotning tarkibiy bolinmalari hamda arxivni butlash manbalari xisoblangan boshqa ichki idoralarnini ish yuritish jarayonida tugallangan hamda shaxsiy tarkib hujjatlarini jamlaydi, hisobga oladi va saqlaydi;

   Hujjatlarni davlat arxivi tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlaydi va Arxiv ishi togrisida gi Ozbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda topshiradi. 

Manzil

Toshkеnt shahar, Sayilgoh 35-uy

 1-o‘quv binosi, 114-xona.

Tеl: 233-66-36 (ichki 1038)