Umumiy ma`lumot

Buxgalteriya boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1990 –sonli qaroriga ko’ra o’z faoliyatini yangi yo’nalishlar bilan qaytadan boshlagan va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  PQ-2932-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017yil 2-iyundagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida” 347-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2017yil 2-iyundagi 152-um-son buyrug’i bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti ustaviga asosan faoliyat yuritadi. Buxgalteriya universitetning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, budjet mablag’lari, budjetdan tashqari mablag’larni toʻgʻri sarflanishini taʻminlash hamda pul mab’laglari hamda moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi.