Amaliyot va kasbiy rivojlantirish bo‘limi

Umumiy ma`lumot

Amaliyot va kasbiy rivojlantirish bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida” PQ–2932-son qaroriga asosan olib boriladi.

Bo‘lim univеrsitеtning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, univеrsitеtdagi pеdagog xodimlar va talabalarning amaliyot va stajirovkasi, bitiruvchilarning bandligi va ularning monitoringi hamda bitiruvchi talabalarga bo‘lgan extiyojni o‘rganish bilan bog‘liq faoliyatni oshiradi.

Amaliyot va stajirovkani tashkil etish bo‘yicha

  • Yillik stajirovka dasturlariga muvofiq professor-o‘qituvchilarning respublikadagi ta’lim muassasalari, tadqiqot markazlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda stajirovka o‘tashlarini tashkil qilish va ushbu faoliyat ustidan nazorat olib borish;

  • bakalavriat va magistratura bosqichi talabalarining amaliyoti va stajirovkasini davlat hokimiyati vakillik organlari, respublika boshqaruv organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarida o‘tashlarini tashkillashtirish;

  • professor-o‘qituvchilar stajirovkasini va talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, sud hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish;

  • amaliyot va stajirovka o‘tash, tajriba orttirish, ishga joylashtirish va kasbiy o‘sish masalalariga doir me’yoriy hujjatlar (nizom)ni o‘quv-uslubiy boshqarma bilan hamkorlikda ishlab chiqish;

Kasbiy o‘sishni monitoring qilish bo‘yicha

  • bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ularning joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlarni (diplomdan ko‘chirma, ishga yuborilganlik to‘g‘risida yo‘llanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirish;

  • universitet rahbar va mas’ul xodimlari, o‘qituvchilari hamda bitiruvchilarining kasbiy rivojlanishi (o‘sishi)ni doimiy ravishda tahlil qilib, o‘rganib borish;

  • amaliyot va stajirovka o‘tash, tajriba orttirish va kasbiy o‘sish sohasida hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan respublika va mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi idoralari, jamoat tashkilotlarini belgilab borish, ular to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish, ular bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va shu orqali bitiruvchilarni ishga joylashtirish hamda doimiy ravishda ish o‘rinlari bazasini to‘ldirib, boyitib borish;

  • universitet bitiruvchilariga ish o‘rinlari taklif qiluvchi respublika va mahalliy davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil qilish;

  • o‘quv yili yakunlanishi arafasida “Karyera kuni” tadbirini tashkil qilish hamda ushbu tadbirlarga respublika va mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlaridan vakillar taklif qilish. 

Bo‘lim xodimlari

Bo‘lim boshligi – yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) Hakimov Komil Baxtiyarovich.

Uslubchi-marketolog – Baynazarov Elmurod Erkinovich

Uslubchi – Toshkenboyeva Aziza Alisher qizi