Bakalavriat

Xorijiy fuqarolar bakalavriatga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul yilining 15 mart – 15 iyul kunlari davomida online.tsul.uz sayti orqali qabul komissiyasiga jo‘natishadi.

Xorijiy fuqarolar tomonidan bakalavriatga o‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

rektor nomiga ariza;

pasport;

o‘rta (11 sinf), o‘rta maxsus yoki kasb-hunar o‘quv muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi hujjat.

Xorijiy fuqarolar bakalavriatga suhbat asosida qabul qilinadi.

Suhbat 2-10 avgust kunlari oralig‘ida o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi.

Xorijiy fuqarolarni bakalavriatda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Magistratura

Xorijiy fuqarolar magistraturaga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul yilining 15 may – 30 iyul kunlari davomida online.tsul.uz sayti orqali qabul komissiyasiga jo‘natishadi.

Xorijiy fuqarolar tomonidan magistraturaga o‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

rektor nomiga ariza;

pasport;

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova.

Xorijiy fuqarolar magistraturaga suhbat asosida qabul qilinadi.

Suhbat 1-25 avgust kunlari oralig‘ida o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi.

Xorijiy fuqarolarni magistraturada o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

O‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotlar bo‘yicha universitetda tashkil etilgan call center bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘langan holda ma’lumot olishingiz mumkin:

(71) 233-13-95;

(71) 233-66-36 (ichki raqam 1185);

(71) 233-66-36 (ichki raqam 1120);

(71) 236-28-06;

(71) 236-28-55.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish miqdorlari

2020/2021 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriati va magistraturasida talabalarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish miqdorlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ–4749-son qarorining 6-bandida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berilgan.

Shuningdek, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori haqidagi ma’lumotlarni bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida e’lon qilishi bo‘yicha vazifa yuklangan.

Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriati va magistraturasida talabalarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish miqdorlarini belgilash masalasi universitet kengashining 2020 yil 16 iyun kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari 5-son yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va belgilandi.

Universitet kengashi 2020/2021 o‘quv yili uchun talabalarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish miqdorlarini belgilashda, bugungi kunda dunyoda va mamlakatimizda hukm surayotgan pandemiya va karantin sharoitidan kelib chiqib, shuningdek talabalarni ushbu sharoitda ijtimoiy jihatdan keng qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini oldingi o‘quv yilidagi to‘lov miqdorlaridan oshirmagan holda belgilash bo‘yicha qaror qabul qildi.

Universitet kengashining tegishli qaroriga asosan 2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari quyidagicha belgilandi:

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriati va magistraturasida 2019/2020 va 2020/2021 o‘quv yillari uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorlari to‘g‘risida taqqoslama malumot

Ta’lim turi

(kunduzgi)

2019/2020

o‘quv yilidagi stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdori

2020/2021 o‘quv yilidagi o‘quv krediti miqdori

Bir o‘quv krediti qiymati

2020/2021 o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz to‘lov-kontrakt qiymati**

2019/2020 o‘quv yilidagi stipendiyasiz to‘lov-kontrakt qiymatiga nisbatan farqi

summada

MXTEKM

(679 330,0 so‘m)ga nisbatan, foizda*

A

1

2

3

4

5

6

7

1.

Bakalavr (xorijiy fuqarolar uchun)

17 000 000,0

60

278 525,3

41%

16 711 518,0

-288 482,0

2.

Magistratura (xorijiy fuqarolar uchun)

19 000 000,0

90

210 592,3

31%

18 953 307,0

-46 693,0

* Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlari o‘zgarganda to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari mos ravishda o‘zgaradi.

** Ushbu miqdorlar tarkibida talabaga bir yillik stipendiya to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar ko‘zda tutilmagan.