Diqqat, e'lon

Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirayotgan talabalar diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 13 sentabrdagi 4-son bayoni bilan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatdan joy olgan Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalaridan 2020-2021 o‘quv yili uchun o‘qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirishga ruxsat etilgan talabalar Toshkent davlat yuridik universiteti o‘quv-uslubiy boshqarmasining quyidagi mas’ul xodimlariga har kuni 9-00dan 17-00 gacha murojaat qilishlari mumkin:

Toshpulatov Akrom Ikromovich, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i. Tel. 71 233-66-36 (ichki 1025)

Rajabov Dilshod Salimovich, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i boshlig‘i o‘rinbosari. Tel. 71 233-66-36 (ichki 1026)

Xorijiy davlatlarning OTMlaridan TDYUga o‘qishini ko‘chirish uchun hujjat topshirgan fuqarolar diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 13 sentabrdagi qaroriga muvofiq, xorijiy davlatlarning akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish bali 100 ball etib belgilandi.

100 va undan ortiq ball to‘plagan talabalar universitetning O‘quv-uslubiy boshqarmasiga murojaat qilishi so‘raladi.

Murojaat uchun telefon:+998 71 233-66-36

Respublikadagi davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish va tiklash uchun onlayn ariza yuborish axborot tizimi ishga tushirildi.

Tizimga mana bu havola orqali o‘ting: transfer.edu.uz