Qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga qabul qilish

Qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha

Qo‘shma ta’lim dasturiga qo‘shimcha qabul uchun suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlar aniqlandi

Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti qabul komissiyasi Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan qo‘shma bakalavriat ta’lim dasturining qo‘shimcha qabuliga ariza bergan abiturientlar bilan suhbatlarni yakunladi.

Yanka Kupala nomidagi GDUning Yuridik fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan “ZOOM” platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra 41 nafar abiturient undan muvaffaqiyatli o‘tib, belgilangan kvota bo‘yicha (kvota -50 nafar) vakant o‘rinlari mavjudligi sababli qo‘shma ta’lim dasturiga o‘qishga tavsiya etildi.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Shu munosabat bilan o‘qishga tavsiya etilgan abiturientlardan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kontrakt to‘lovini amalga oshirish va zarur hujjatlarning asl nusxalarini topshirish uchun TDYuUning “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti” dekanatiga murojaat qilish so‘raladi.

Murojaat uchun telefon raqam: +998 (71) 233-13-95.

Eslatib o‘tamiz, agar ro‘yxatdagi abiturient ushbu murojaatnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa, uning o‘rniga mazkur dastur uchun pastroq ball olgan boshqa abiturient o‘qishga qabul qilinadi.

 

Double degree bo‘yicha qo‘shimcha qabulga hujjatlarni topshirish muddati uzaytirildi

TDYU tashabbusiga ko‘ra M.S.Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universiteti (Qozog‘iston Respublikasi) va Y.Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi) bilan hamkorlikda qo‘shma bakalavriat doirasidagi qo‘shimcha qabulga hujjatlarni topshirish muddatlari uzaytirildi.

M.S.Narikbayev nomidagi Qozog’iston davlat yuridik universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hujjatlar topshirishning oxirgi kuni – 2020-yil 24-sentyabr (24:00 gacha).

Y.Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hujjatlar topshirishning oxirgi kuni – 2020-yil 26-sentyabr (24:00 gacha).

Hujjatlarni topshirish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma – bu yerda.

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar – bu yerda.

Ikki diplomli dasturlar uchun hujjatlarni qoʻshimcha qabul qilish toʻg’risida

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent davlat yuridik universiteti M.S.Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universiteti va Y.Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi) bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirmoqda.

Joriy yilda TDYUning bakalavriat bosqichiga rus tilida oʻqish uchun hujjat topshirgan, ammo o‘qishga qabul qilinmagan abituriyentlar ushbu ta’lim dasturlari uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Qoʻshimcha tanlov uchun hujjatlarni qabul qilish 2020-yil 15-22-sentyabr kunlari amalga oshiriladi.

Dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va oʻrta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi PQ–4391-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg’risida"gi PF–5987-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi. TDYU va hamkor universitetlar oʻrtasida zarur shartnomalar tuzildi va Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul kvotalari kelishib olindi.

Ta’lim hamkor universitetlarda (chet elda) va TDYUda tashkil etiladi. Oʻqitish narxi yiliga taxminan 3000 AQSh dollar miqdorida belgilandi:

- chet el universitetida oʻqish davrida semestr uchun 1000 dan 1500 dollargacha;

- TDYUda oʻqish davrida bir semestrda 34,75 dan 46,5 gacha bazaviy hisoblash miqdori.

Dastur boʻyicha oʻqishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar 2 ta diplomga ega boʻlishadi: TDYU va chet el universitetining bakalavr diplomlari. Diplomlar oʻz maqomi boʻyicha umumiy tartibda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilar olgan diplomlaridan farq qilmaydi. Ikki darajali dasturlarning bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasida va hamkor universitet joylashgan davlatda nostrifikatsiyasiz ishlashlari mumkin.

Qoʻshimcha tanlovga hujjatlarni topshirish uchun qisqa koʻrsatmalarga amal qiling.

1-qadam. degree.tsul.uz veb-saytiga oʻting va tanlov shartlari bilan roziligingizni bildiruvchi belgi qoʻyib, “Anketani toʻldirish” tugmasini bosing:

2-qadam. Qalqib chiquvchi oynada ikkita qoʻshma ta’lim dasturidan birini tanlang.

3-qadam. Ochilgan shaklda quyidagi ma’lumotlarni kiriting:

1. Familiya;

2. Ismi;

3. Otasining ismi;

4. Tug’ilgan sanasi;

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (DTM) tomonidan oʻtkazilgan kirish test sinovlari boʻyicha ball;

6. Telefon raqami;

7. Roʻyxatdan oʻtgan yashash manzili.

Soʻng quyidagi hujjatlarni PDF formatida ilova qiling:

1. Pasport;

2. Pasportning rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi;

3. 11-sinf uchun sertifikat (kollej yoki litsey diplomlari);

4. 11-sinf uchun sertifikat (kollej yoki litsey diplomlari) ning rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi;

5. DTM axborot tizimi tomonidan berilgan ariza beruvchining ruxsatnomasi;

6. DTM axborot tizimi tomonidan berilgan kirish testida ball toʻplangan javoblar varag'i.

Keyin “Yuborish” tugmasini bosing.

4-qadam. Ma’lumotlarni yuborganingizdan soʻng, Siz tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantirilgan va TDYU va chet el universitetiga yuborilgan elektron arizani yuklab olishingiz mumkin. Buning uchun “Download PDF” tugmachasidan foydalaning.

Muhim! Qoʻshimcha tanlovga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan hamkor xorijiy universitetlar ta’lim olishning minimal talablariga muvofiqligini aniqlash uchun suhbatlar oʻtkazadilar. Abituriyentlar suhbatga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan kirish test sinovlarida toʻplangan ballarning kamayish tartibida birma-bir qabul qilinadi. Hamkor universitetlar test sinovlaridan yuqori ball toʻplagan oldingi abituriyentlar minimal talablarga muvofiqligini koʻrsatgan va oʻqishga kirish uchun tavsiya etilgan boʻlsa, barcha abituriyentlarni istisnosiz suhbatlashmaslik huquqini oʻzida saqlab qoladi.

TDYUning ma'lumotlar uchun telefoni:

- Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan qoʻshma ta’lim dasturi masalalari boʻyicha: + 998 (71) 233-66-36, ichki 1044;

- M.S.Narikbaev nomidagi KAZGYU universiteti bilan qoʻshma ta’lim dasturi masalalari boʻyicha: + 998 (71) 233-66-36, ichki 1047.

Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi doirasida qatnashish uchun suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlar ro‘yxati aniqlandi

Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (bundan buyon matnda Yanka Kupala nomidagi GrDU deb yuritiladi) qo‘shma bakalavriat ta’lim dasturiga kirish uchun abiturientlar bilan suhbatlar yakunlandi. Dastur Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

58 nafar abiturient to‘liq hujjatlar to‘plamini topshirdi. Suhbat Yanka Kupala nomidagi GrDU yuridik fakulteti tomonidan “Zoom” platformasi orqali onlayn rejimda o‘tkazildi. Tanlov jarayoni oshkora tashkil etilib, suhbatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari tomonidan kuzatib borildi.

Suhbatlar natijalari asosida Yanka Kupala nomidagi GrDUning talablariga javob beradigan va qo‘shma ta’lim dasturiga qabul qilish uchun tavsiya etiladigan 36 nafar abiturientdan iborat ro‘yhat shakllantirildi.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlarning to‘liq ro‘yhati – ushbu havolada ko‘rsatib o‘tilgan.

Yanka Kupala nomidagi GrDU qabul komissiyasi kiruvchi abiturientlarga qo‘shma ta’lim dasturiga qanday yozilish kerakligi va ta’lim shartnomasini rasmiylashtirish va to‘lash haqida ko‘rsatma berish uchun murojaat qildi.

O‘z navbatida, TDYU yaqin kunlarda o‘qishga kirish uchun tavsiya etilgan abiturientlarga ro‘yhatdan o‘tganligi haqida xabarnomalar yuboradi.

Qo‘shma dastur uchun belgilangan kvota doirasida, mavjud bo‘sh o‘rinlari (50 – o‘rin) munosabati bilan 2020 yilning 15-22 sentabr kunlari oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlariga "yurisprudensiya" yo‘nalishi bo‘yicha davlat test markazi sayti orqali standart tarzda rus tilida o‘qish uchun hujjat topshirgan abiturientlar o‘rtasida qo‘shimcha qabul tashkil etiladi.

Qo‘shma ta’lim dasturning qo‘shimcha qabulida ishtirok etish uchun 2020 yilning 15-22 sentabrgacha (24:00gacha) ushbu havola orqali ro‘yhatdan o‘tishingiz va quyidagi hujjatlarni PDF formatida joylashtirishingiz zarur:

- belgilangan shaklda imzolangan ariza (namuna – ushbu havolada);

- pasportingizning shahsiy ma’lumotlari va ro‘yhatga olingan yashash joyi sahifalarini skanerlangan shaklda;

- DTM tomonidan berilgan abiturient ruhsatnomasi (PDF);

- DTM tomonidan berilgan kirish test javob natijalari varaqasi (PDF).

E’tibor bering: qo‘shimcha qabul quyidagi asosiy qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.

Birinchidan, yuqorida aytib o‘tilganidek, unda faqat 2020 yilda rus tilida o‘qish uchun "huquqshunoslik" yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlariga Davlat test markazining sayti orqali namunaviy tartibda hujjat topshirgan abiturientlargina ishtirok etishlari mumkin;

abiturientlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan kirish test sinovlariga to‘plagan ballarining kamayib borishi tartibida suhbatga qabul qilinadilar.

Ikkinchidan, suhbat davomida Yanka Kupala nomidagi GrDU tomonidan nomzodlar ballar tizimiga ko‘ra emas, balki abiturient Belarussiya Respublikasida o‘qish uchun minimal talablarga javob berish yoki bermasligi haqida qaror qabul qilish orqali baholanadi.

Muhim! Qo‘shimcha qabulda, abiturientlar suhbatga O‘zbekistondagi kirish testlarida to‘plagan ballari kamayib borish tartibida qabul qilinadi. Agar test sinovlariga yuqori ballarga ega bo‘lgan avvalgi abiturientlar minimal talablarga muvofiqligini namoyon etgan bo‘lsa, qabul kvotasini to‘ldirish maqsadida Yanka Kupala nomidagi GrDU barcha abiturientlar bilan istisnosiz suhbat o‘tkazmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Murojaat uchun TDYU telefon raqami: + 998 (71) 233-13-95.

QOZGYU bilan qo'shma ta'lim dasturiga abituriyentlar reytingi aniqlandi

M.S.Narikbayev nomidagi QOZGYU universiteti bakalavriat qo'shma ta'lim dasturiga o'qishga qabul qilish bo'yicha abituriyentlar bilan suhbat o'tkazishni yakunladi. Dastur Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Dasturga 434 nafar abituriyentlar tomonidan hujjat topshirildi. Suhbat M.S.Narikbayev nomidagi QOZGYU universiteti Oliy huquqi maktabining eng malakali professor-o'qituvchilari tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn-rejimda o'tkazildi. Qabul jarayonlari shaffof tarzda o'tkazildi, suhbat jarayoni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari tomonidan kuzatib borildi.

Suhbat natijalariga ko'ra, tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq o'quv dasturi bo'yicha o'qishga qabul qilish uchun tavsiya etilgan 110 nafar talabgorlarning ro'yxati tuzildi. Suhbat natijalariga muvofiq eng yuqori ballarni to'plagan 10 nafar abituriyentga QOZGYUda bepul ta'lim olish uchun grant taqdim etilgan. Ular Toshkent davlat yuridik universitetida o'qish muddati (3-kurs va 4-kursning bahorgi semestri) uchun to'laydilar.

Abituriyentlarning to'plagan ballari ko'rsatilgan jadvali to'liq bu yerda.

Yaqin kunlarda M.S.Narikbayev nomidagi QOZGYU universiteti qabul komissiyasi vakillari o'qishga qabul qilingan abituriyentlar bilan qo'shma ta'lim dasturiga qabul qilinish, ta'lim shartnomasini ro'yxatdan o'tkazish va to'lash bo'yicha tushuntirishlar berish yuzasidan aloqaga chiqadilar. Bundan tashqari, TDYU o'qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga tegishli xabar bilan xatlar yuboradi.

Tanlab olingan abituriyentlar tomonidan qo'shma ta'lim dasturida tahsil olishdan voz kechilganda yoki ular tomonidan 1-kurs kuzgi semestrida ta'lim olish uchun to'lovning 2020 yil 5 sentyabrga qadar amalga oshirilmaganda QOZGYU qo'shma ta'lim dasturiga qabul qilinish huquqi 50 va undan yuqori ball to'plagan abituriyentlarga beriladi.

Belgilangan kvota doirasida vakant joylar mavjud bo'lgan taqdirda qabul komissiyasi tomonidan qo'shimcha tanlov 2020-yil 15-sentyabrdan boshlab tashkil etiladi.

Ta'lim olishdan voz kechgan yoki to'lovni o'z vaqtida amalga oshirmagan abiturientlar kelgusida qo'shma ta'lim dasturi uchun faqat ikkita shart bajarilgan taqdirda murojaat qilishlari mumkin:

− qo'shma ta'lim dasturiga qabul qilish uchun ariza berish paytida 110 kishidan iborat kvota to'lmasa, qo'shimcha tanlov o'tkaziladi;

− o'qishni rad etgan abituriyent, avvalgi suhbatda to'plangan ballarga muvofiq, abituriyentlar orasida qo'shimcha tanlovning yangi reytingida joy oladi.

Shartli misol:

A.Abdullayev suhbat davomida 80 ballni to'pladi, unga qo'shma ta'lim dasturida o'qish taklif qilindi. Biroq, abituriyent kontraktni o'z vaqtida to'lamadi, chunki u qo'shma ta'lim dasturida emas, balki odatiy tarzda o'qish uchun TDYU yoki boshqa universitetga kirish testlarida ball olishni umid qilgan edi. Bu amalga oshmadi, A.Abdullayev odatiy tarzda o'qishga kira olmadi va qayta qo'shma ta'lim dasturida o'qish imkoniyatini berishlarni so'radi.

Bu yerda 3 ta vaziyat kelib chiqishi mumkin.

1 vaziyat. Qo'shma ta'lim dasturiga kvotalar bo'yicha o'qishga rozi bo'lgan va shartnomani o'z vaqtida to'lagan abituriyentlar tomonidan to'liq to'ldirildi. A.Abdullayev ilgari suhbatda 80 ballni to'plagan va mashg'ulotlarga kirish uchun tavsiya etilgan bo'lsa-da, shartnomani o'z vaqtida to'lamaganligi sababli unga rad javobi beriladi.

2 vaziyat. Qo'shma ta'lim dasturiga kvota to'liq to'ldirilmadi, 10 ta joy mavjud edi. QOZGYU qabul komissiyasi 10 ta to'ldirilmagan kvota uchun qo'shimcha tanlov o'tkazdi. Qo'shimcha tanlovda nafaqat suhbatda qatnashgan abituriyentlar, balki ko'plab boshqa yangi abituriyentlar ham qatnashdi. Qo'shimcha tanlovning oldingi bali 90 ball edi. Abdullayev ilgari to'plagan ball 80 ball qo'shimcha tanlov doirasida qo'shma ta'lim dasturiga qabul qilish uchun yetarli emas edi, garchi u ilgari o'qishga taklif qilingan bo'lsa ham, kontraktni vaqtida to'lamagan. Bunda A.Abdullayev qo'shma ta'lim dasturiga qabul qilinmaydi.

3 vaziyat. Qo'shma ta'lim dasturiga kvota to'liq to'ldirilmadi, 10 ta bo'sh joy mavjud edi. QOZGYU qabul komissiyasi 10 ta to'ldirilgan kvota uchun qo'shimcha tanlov o'tkazdi. Qo'shimcha tanlovda nafaqat suhbatda ishtirok etgan abituriyentlar, balki ko'plab boshqa yangi abituriyentlar ham qatnashdi. Qo'shimcha tanlovning oldingi bali 80 ball edi. Abdullaev ilgari 80 ball to'plagan va qo'shma ta'lim dasturida o'qishga qabul qilinadi.

Qoʻshma ta’lim dasturlariga hujjatlarni topshirish tugatildi.

Abiturientlar umumiy soni (10.08.2020)

Qoʻshma ta’lim dasturi

Abiturientlar soni

Qozog‘iston Respublikasi M.S.Narikbayev nomidagi QOZGYU universiteti bilan hamkorlikda “Yurisprudensiya: xalqaro iqtisodiy huquq” qo‘shma ta’lim dasturi

 

454

Belarus Respublikasi Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan hamkorlikda “Yurisprudensiya: xalqaro xususiy huquq” qo‘shma ta’lim dasturi

 

170

2020/2021 o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti ikkita xorijiy oliy ta‘lim muassasasi bilan tuzilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga talabalarni qabul qilmoqda:

– Qozog‘iston Respublikasi M.S.Narikbayev nomidagi QOZGYU universiteti bilan hamkorlikda “Yurisprudensiya: xalqaro iqtisodiy huquq” qo‘shma ta’lim dasturi;

– Belarus Respublikasi Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan hamkorlikda “Yurisprudensiya: xalqaro xususiy huquq” qo‘shma ta’lim dasturi.

Qo‘shma ta’lim dasturlarini tugatgan talabalarga TDYU va hamkor OTMning bakalavr diplomlari beriladi. Oqishning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi hududida boshqa qismi esa chet el mamlakatlar hududida amalga oshiriladi.

Kurs

(semestr)

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish hududi

QOZGYU universiteti bilan dastur

(2.5 + 1.5)

Grodno davlat universiteti bilan dastur (3 + 1)

1-kurs

Qozog‘iston Respublikasi

Belarus Respublikasi

2-kurs

Qozog‘iston Respublikasi

Belarus Respublikasi

3-kurs

O‘zbekiston Respublikasi

O‘zbekiston Respublikasi

4-kurs 1-semestr

Qozog‘iston Respublikasi

Belarus Respublikasi

4-kurs 2-semestr

O‘zbekiston Respublikasi

 

Karantin paytida samarali masofaviy ta‘lim tashkillashtiriladi.

Qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida qabul kvotalari quyidagicha taqsimlangan:

Toshkent davlat yuridik univeristetining 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari

Shifr

Ta’lim

yo‘nalishlari

nomi

Hamkor oliy ta’lim muassasasi nomi

To‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari

Ta’lim shakli

Ta’lim tili

O‘qish muddati

(OTM + hamkor OTM, yil)

Bir o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori

 

Bakalavriat

 

160

 

 

 

 

5240100

Yurisprudensiya: xalqaro xususiy huquq

Belarus Respublikasi Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti

50

Kunduzgi

rus

1+3

3000

AQSh doll.

5240100

Yurisprudensiya: xalqaro iqtisodiy huquq

Qozog‘iston Respublikasi

M.Narikbaev nomidagi “KAZGYuU” universiteti

110

Kunduzgi

rus

1,5+2,5

3000

AQSh doll.

 

Abituriyentlarning hujjatlari xorijiy hamkor OTMlari tomonidan iyul-avgut oylarida alohida onlayn ravishda qabul qilinadi. TDYUga umumiy asoslarda hujjatlarini topshirgan abituriyentlar qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish tanlovida avtomatik ravishda ishtirok etmaydi. Biroq, abituriyentlar bir vaqtning o‘zida TDYUga umumiy asoslarda hamda xorijiy hamkor OTMlarga qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirishlari mimkin.

Qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish sinovlari suhbat shaklida bo‘lib o‘tadi. Suhbat avgust oyining ikkinchi yarimida hamkor OTMlar tomonidan o‘tkaziladi.

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Oqitish qiymati 3000 AQSh dollariga tenglashtirilgan.

M.S.Narikbayev nomidagi QOZGYU universiteti 2020/2021 o‘quv yilida 10 nafar qabul qilingan talabalarga Qozog‘iston Respublikasi hududida oqish davri uchun o‘z ta’lim xizmatlarini bepul amalga oshirishga tayyor.

TDYU hamda QOZGYUning ikki diplomli dasturiga hujjatlarni qanday topshirish mumkin

Bakalavriat bosqichidagi “Xalqaro iqtisodiy huquq” Ikki diplomli dasturida o‘qishga kirish uchun hujjatlar QOZGYU tomonidan online tarzda qabul qilinadi (hujjatlarni qabul qilish ohirgi kuni - 10 avgust).

1-qadam. 2 ta hujjatlarning skaner nusxasini tayyorlang.

  1. Pasportning shaxsiy ma’lumotlardan iborat sahifalari (2-3-sahifalar) va doimiy yashash joyi shtampi mavjud sahifalari (odatda, 6-7-sahifalar).

Agar siz fuqaroligi bo‘lmagan holda O‘zbekistonda doimiy yashovchi shaxs bo‘lsangiz, yashash uchun guvohnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnoma)tegishli sahifalarning skaner nusxasini olishingiz kerak. Chet el fuqarolari o‘z milliy pasportlarining skaner nusxasini oladilar.

2. Umumiy o‘rta ta’lim hujjati (11-sinfni tugatganlik haqida attestat) yoki kasb-hunar ta’limi haqida hujjat (litsey, kollej yoki texnikum diplomi).

2-qadam. QOZGYU rasmiy veb-sahifasining hujjatlarni qabul qilish shakliga o‘ting. (to‘g`ridan-to‘g‘ri havola https://scholarship.kazguu.kz/#rec209111185). Bu yerda shaxsiy va aloqa ma’lumotlaringizni na’munadagi kabi to‘ldiring va hujjatlarning skaner nusxalarini biriktiring:

3-qadam. O‘zingiz ko‘rsatgan elektron pochta manzilingizga hujjatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi xat kelishini kuting. Xat quyidagi mazmunda kazguugrants@gmail.com manzilidan kelib tushadi:

Shu vaqtdan boshlab Siz TDYU va QOZGYUning ikki diplomli dasturi abituriyentiga aylanasiz.

TDYU hamdaGRDUning ikkidiplomli dasturiga hujjatlarni qanday topshirish mumkin

Ikki diplomli bakalavriatning “Xalqaro xususiy huquq” dasturida ishtirok etish uchun hujjatlar GRDUda online tarzda qabul qilinadi (hujjatlarni qabul qilish ohirgi kuni - 10 avgust). Abituriyentning qadam-baqadam nima qilishi kerakligini tahlil qilaylik.

1-qadam. Quyidagi hujjatlarni tayyorlang:

a) Skaner nusxasini oling:

– pasport (shaxsiy ma’lumotlardan iborat 2-3 sahifalariva doimiy yashash joyi shtampi mavjud sahifalari, odatda, 6-7 sahifalar);

– tugʻilganlik haqida guvohnoma;

Agar siz fuqaroligi boʻlmagan holda Oʻzbekistonda doimiy yashovchi shaxs boʻlsangiz, yashash huquqi tegishli sahifalarning skaner nusxasini ham olishingiz kerak. Chet el fuqarolari oʻz milliy pasportlarining skaner nusxasini oladilar.

а) Ma’lumotlarni toʻldirish uchun tayyorlang:

– 11 sinf bitiruvchilari uchun – umumiy oʻrta ta’lim haqida hujjat (11-sinfni tugatganlik haqida attestat);

– Litsey, kollej va texnikum bitiruvchilari uchun – 9-sinfni tugatganlik haqida attestat va litsey (kollej, texnikum) diplomi.

2-qadam. GRDU rasmiy sahifasining hujjatlarni qabul qilish shakliga o`ting. (Toʻgʻridan-toʻgʻri havola – recruit.grsu.by).

a) Abituriyentning shaxsiy kabinetini yarating:

b) Abituriyentning shaxsiy kabinetiga kiring:

c) ochilgan shaklda yulduzcha (*) bilan belgilangan maydonlarga ma’lumotlarni kiriting va hujjatlarni biriktiring.

3-qadam. Oʻzingiz koʻrsatgan elektron pochtamanzilingizga hujjatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi xat kelishini kuting. Xat education@grsu.by manzilidan keladi.

E’tibor oling, suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar qoʻshimcha hujjatlarni topshirishlari shart boʻladi:

– belgilangan shakldagi GRDU rektori nomiga ariza;

oʻrganilgan fanlar va ularning hajmi, ular bo`yicha olingan baholar (ballar) ko`rsatilgan ta’lim to`g`risidagi hujjatning asl nusxasi);

– O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash bo`yicha rasmiy organi tomonidan berilgan sog`liq holati to`g`risidagi tibbiy xulosa va OIV-infeksiyasi yo`qligi to`g`risidagi sertifikat;

– tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi;

– shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) nusxasi;

– 3x4sm hajmdagi 4 ta rangli rasm.

Oʻzbek tilida ijro etilgan barcha hujjatlarga kelajakda ularning notarial tasdiqlangan rus tiliga tarjimasi ilova qilinishi kerak.

Suhbat bo‘lib o‘tish vaqti va joyi haqida qo‘shimcha ravishda Sizni elektron pochta orqali xabardor qilishadi.

Ikki diplomli dasturlar doirasida talabalarga stipendiyani to'lash nazarda tutilmagan.

Koʻp beriladigan savollarga javoblar

1. Qoʻshma ta’lim dasturga kirish uchun suhbat qachon boʻladi?

Suhbatlar 2020 yil 11-25 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Har bir talabgor uchun suhbatning alohida sanasi va vaqti bor. Talabgorlar hujjatlarni topshirishda ko'rsatgan elektron pochta manzillari orqali suhbat sanasi va vaqti toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Iltimos, pochtangizni tez-tez tekshirib turing. Bundan tashqari, har qanday holatda, Spam papkasini tekshiring.

Bundan tashqari, "TDYUning qoʻshma ta’lim dasturlari" telegram kanali ishga tushirilgan (obuna uchun havola - https://t.me/duodiplomtsul). Kanalda kerakli ma'lumotlar va e'lonlar mavjud. Kanal obunachisi sifatida yangiliklardan xabardor boʻling.

2. Suhbat qanday oʻtadi?

Suhbat masofadan turib ZOOM dasturi orqali amalga oshiriladi. Bu bepul. Uni hoziroq kompyuteringizga yoki telefoningizga oʻrnating. Dasturni ushbu havoladan yuklab olish mumkin: https://zoom.us/download. Oʻrnatish uchun koʻrsatmalarga amal qiling (fayl ilova qilinmoqda).

E'tibor bering, suhbat paytida texnik muammolar kelib chiqmasligi uchun Internetga ulanish tez va barqaror boʻlishi kerak. Shuning uchun ZOOM dasturini kompyuterdan simli Internet orqali foydalanishni tavsiya etamiz. Bunday holda Internetga ulanish ADSL yoki G-PON texnologiyalariga asoslangan boʻlishi kerak.

3. Ta'lim toʻlovini qachon amalga oshirish kerak?

Qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha 1-kurs oʻqish uchun shartnoma komissiya tomonidan arizachining oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin 5 kun ichida toʻlanishi kerak. Odatdagidek kontrakt uchun toʻlashdan farqli oʻlaroq, qoʻshma ta’lim dasturlar uchun toʻlov muddati uzaytirilmaydi. Shartnoma uchun toʻlov bank orqali tuzilgan shartnoma asosida hamkor universitetning joriy hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Toʻlov har bir semestr uchun alohida amalga oshirilishi mumkin.

Muhim! Shartnoma oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, talabgorni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinadi. Buning oʻrniga, reytingda birinchi oʻrinni egallagan boshqa bir talabgor qabul qilinadi.

4. Qoʻshma ta'lim dasturlari boʻyicha oʻqish qachon boshlanadi?

Qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha oʻqish 2020 yil sentyabr oyida boshlanadi. 1 kurs uchun ta'lim xorijiy davlatdagi hamkor universitetda amalga oshiriladi.

Karantin tadbirlari munosabati bilan oʻqitish vaqtincha virtual xonalarda masofadan turib amalga oshiriladi. Bu hech qanday tarzda oʻquv jarayonining sifatiga ta'sir qilmaydi.

5. Xorijda qoʻshma ta’lim dasturi talabalari uchun turar joy mavjudmi?

Ha, talabalar barcha sanitariya me'yorlari va qoidalariga javob beradigan yotoqxonada joy bilan ta'minlanadi.

M.S. Narikbayev nomidagi QozGYU universitetniing qoʻshma ta’lim dasturi boʻyicha (Qozog'iston Respublikasi, Nur-Sulton) talabalar turar joyida yashash xarajatlari oʻquv shartnomasi qiymatiga kiritilgan. Y.Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan qoʻshma ta’lim dasturi doirasida (Belarus Respublikasi, Grodno) yotoqxonada yashash uchun toʻlov alohida toʻlanadi va oʻquv shartnomasi qiymatiga kiritilmaydi.

6. TDYUda bakalavr darajasiga qoʻshma ta’lim dasturdan oʻtish mumkinmi?

Yoʻq, bu davlat darajasida taqiqlangan. Gap shundaki, qoʻshma ta’lim dasturi talabalari allaqachon TDYU talabalari hisoblanadi. Bundan tashqari, qoʻshma ta’lim dasturning oʻquv rejasi TDYUning oddiy bakalavr dasturidan farq qiladi va fanlardagi farq bunga yoʻl qoʻymaydi.