Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi tomonidan Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining pedagog-xodimlari va o’quvchilari uchun “Huquqiy ko’nikmalar va metodologiya” moduli bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

“Ahloqiy sifatlarning huquqshunos takomiliga ta’siri" va “Hamkorlik va mijozlarga yaxshi taassurot hosil qilish usul va talablari” mavzularida o‘tkazilgan mashg‘ulotni “Umumta’lim fanlar va madaniyat” katta o‘qituvchilari Dilnavoz Tadjibayeva va Habiba Oblomuradovar olib bordi.

Dars davomida huquqiy etika, uni tashkil etuvchi xususiyatlar, huquqshunos faoliyatida axloqiy sifatlarning roli, shuningdek, ish beruvchilar qadrlaydigan kommunikativ ko’nikmalar hamda ijobiy taassurot qoldirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



Hodisalar

Barcha e'lonlar