Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va “Mintaqaviy muloqot” XNNT (Sloveniya)ning O‘zbekistondagi filiali hamkorligida “Hozirgi zamonda raqamli kriminalistika: nazariya va amaliyot muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Ekspert-kriminalistika bosh markazi vakillari, TDYU, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, IIV Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasida jinoyat-protsessual faoliyatni raqamlashtirishning muammolari va ularni hal etish yo‘llari, raqamli dalillarning huquqiy holati, bu boradagi muammolar va ularning yechimlari, kiberjinoyatlarni tergov qilishda sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari, kriminalistikada biometriyaning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, jinoyat-protsessual qonunchiligining muammolari va axborot texnologiyalari yordamida dalillarni taqdim etishda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan sud ekspertizalarini o‘tkazishda raqamli texnologiyalardan foydalanish va jinoyat protsessiga sun’iy intellektni joriy etish istiqbollari, sud-kompyuter texnik ekspertizasi imkoniyatlari haqida ma’lumot berilib, raqamli ekspertiza faoliyatiga yangi texnologiyalarni joriy etish xususida fikr almashildi.

Ilmiy-amaliy anjuman davomida sohada uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohaza almashilib, kriminalistika va sud ekspertizasini raqamlashtirish bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribasi haqida ma’lumot berildi. Milliy va xalqaro ekspertlar hamda soha mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar