Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Go‘zal Boboyeva “IREG — 2023: akademik reytinglar” xalqaro konferensiyasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi

Poytaxtimizda Xalqaro reytinglar bo‘yicha ekspertlar guruhi (IREG) bilan hamkorlikda “IREG — 2023: аkademik reytinglar” xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi.

“Times Nigher Education”, “QS”, “Webometrics” kabi dunyoning nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari rahbarlari, Kanada, Braziliya, Germaniya, Niderlandiya, Vengriya, Ruminiya, Polsha, Xitoy, Singapur, Turkiya, Saudiya Аrabistoni, Qatar, BАА, Qozog‘iston, O‘zbekiston kabi 30 dan ortiq mamlakatning oliy ta’lim muassasalari rektorlari va xorijiy ekspertlar qatnashgan xalqaro anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy boshqarmasining Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo‘limi boshlig‘i Go‘zal Boboyeva kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

Xalqaro konferensiyada IREG tashkiloti va uning vazifalari xususida maʼlumot berildi.

Qayd etilganidek, mazkur tashkilot xalqaro reytinglar bo‘yicha ekspertlar guruhidan iborat bo‘lib, akademik reytinglarini joriy etuvchi xalqaro va mahalliy tashkilotlarni hamda dunyodagi ilg‘or universitetlarni birlashtiradi.

Shuningdek, anjuman ishtirokchilari yangi metodologik tamoyillar, rivojlangan mamlakatlar taʼlim tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar va bunda xalqaro reytinglarning o‘rni haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar