Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Talabalar festivali”ning 2-kuni: xayriya aksiyasi, fan olimpiadalari va “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi

Toshkent davlat yuridik universitetida “17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Talabalar festivali”ning 2-kuni “Sog‘lom inson bemor insonga yordam berishi kerak!” shiori ostida tashkil etilgan xayriya aksiyasi bilan boshlandi. Aksiyada 50 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirok etdi.

Shundan so‘ng talabalarning huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan huquqiy fanlar olimpiadalariga start berildi. “Mehnat huquqi”, “Ma’muriy va moliya huquqiy”, “Konstitutsiyaviy huquq” va “Jinoyat huquqi” fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan bilimlar bellashuvida 350 nafardan ziyod talaba qatnashdi.

Kunning ikkinchi yarmida o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi festivalning navbatdagi kunini yakunlab berdi. Ijodiy tanlovda “Xususiy huquq” fakulteti jamoasi “Qiz kelin”, “Jinoiy odil sudlov” fakulteti jamoasi “Bizda shifokor bo‘la olasanmi?!”, “Ommaviy huquq” fakulteti jamoasi “Qirmizi olma” va “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti jamoasi “Va’da qilingan baxt” spektaklini namoyish etdi. Sahna asarlari soha mutaxassislaridan tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni “Xususiy huquq” fakulteti jamoasi, 2-o‘rinni “Jinoiy odil sudlov” fakulteti jamoasi, 3-o‘rinni “Ommaviy huquq” fakulteti jamoasi qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Sobirjon Umarov “Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasida, Sabina Axmedova “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

“Talabalar festivali” davom etmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar