Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU jamoasi “Louis M. Brown Forest S. Mosten International Client Consultation Competition 2023” xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Niderlandiyaning Maastrix universiteti Huquq fakulteti (Maastricht University Faculty of Law) mezbonligida “Louis M. Braun Forest S. Mosten Xalqaro mijoz konsultatsiyasi tanlovi 2023” (Louis M. Brown Forest S. Mosten International Client Consultation Competition 2023)” xalqaro musobaqasining global raundlari tashkil etildi.

Mazkur global raundlarda Markaziy Osiyodan yagona jamoa sifatida Toshkent davlat yuridik universitetining talabalari Amirjon Mardonov va Gulnoza Mamadaliyeva ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, xalqaro musobaqaning yarim finaliga qadar yetib bordi va musobaqaning eng yaxshi o‘nta jamoasi safidan o‘rin oldi. Ushbu bosqichga qadar ular Buyuk Britaniya, Indoneziya va Turkiya universitetlarining jamoalari bellashdi.

Ma’lumot uchun: mazkur xalqaro tanlovda TDYU jamoasi xalqaro musobaqada “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi professori v.b. Otabek Narziyev boshchiligida ishtirok etdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar