Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Sardorbek Yusupov va Javlon Zoilboyev Gdansk universiteti (Polsha)ga tashrif buyurdi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori, dotsent Sardorbek Yusupov va kafedra o‘qituvchisi Javlon Zoilboyev Polshaning Gdansk universitetida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Gdansk universiteti “Huquq va boshqaruv” fakulteti dekanining taklifiga binoan tashkil etilgan tashrif doirasida TDYU vakillari fakulteti dekani o‘rinbosari Marcin Wiszowaty, fakultet professorlari D.Cyman va P.Panfil bilan uchrashib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, universitetimiz professor-o‘qituvchilari akademik almashinuv doirasida Gdansk universitetida tahsil olayotgan TDYU talabalari bilan uchrashdi.

Xizmat safari davomida “Xalqaro moliya huquqi”, “Xalqaro ekologiya huquqi” fakultetlari bilan qo‘shma magistratura dasturini yo‘lga qo‘yish hamda Scopus ba’zalariga kiruvchi jurnallarda maqolalar chop qilish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

TDYU professor-o‘qituvchilari Gdansk universitetining Kriminalogiya muzeyiga va universitet kutubxonasiga ham tashrif buyurib, yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan tanishdi. Shu bilan birga, Sardorbek Yusupov o‘z monografiyasini Gdansk universiteti kutubxonasiga sovg‘a qildi.

Bundan tashqari, Sardorbek Yusupov va Javlon Zoilboyev Gdansk universiteti talabalari uchun “O‘zbekistonda soliqlar (Taxes in Uzbekistan)” mavzusida ma’ruza qildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar