Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti


TDYU “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi o‘qituvichisi Jahongir Boqiyev tashabbusi bilan “Ommaviy huquq” fakulteti talabalari uchun “Konstitutsiyaviy huquq” fanidan “O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati” mavzusida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida sayyor dars tashkil etildi.

Sayyor darsda talabalar iqtisodiy sudlar faoliyati bilan tanishish bilan bir qatorda turli masalalardagi sud protsesslarida ishtirok etdi. 



TDYU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Nasiba Niyozova “Chet tillarni o‘qitishning dolzarb masalalari: muammolari va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.

Onlayn bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda Rossiya, AQSh, Mo‘g‘uliston, Janubiy Afrika, Irlandiya va Buyuk Britaniyaning universitetlari o‘qituvchilari va tadqiqotchilari qatnashdi.

N.Niyozova “Yuridik talabalar monolog nutqini rivojlantirishda o‘quv munozaralarining roli” ma’ruza qilib, sertifikat bilan taqdirlandi.



Xurshida Abzalova ilmiy maktabi doirasida Rossiya davlat odil sudlov universiteti Shimoliy-G‘arbiy filialining “Jinoyat huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti, advokat Yelena Topilskaya tomonidan “Jinoyat huquqi” fanidan “Jinoyat-huquqiy xususiyatdagi boshqa choralar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

“Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabalari ishtirok etgan mashg‘ulot davomida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari, mol-mulkni musodara qilish va sud jarimasi kabi jinoyat huquqiy xususiyatidagi boshqa choralar xususida so‘z yuritildi.



TDYU “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti Akramjon Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Akademiyasida “Xususiy huquq” fakulteti talabalari uchun Akademiya xodimlari bilan hamkorlikda sayyor dars tashkil etildi.

“Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va prokuratura xodimlarining kasb axloqi” mavzusidagi mashg‘ulotni yuridik fanlar doktori, professor Faxri Rahimov olib bordi.

Shuningdek, talabalar sayyor dars davomida akademiyadagi o‘quv jarayoni hamda maxsus amaliy mashg‘ulot xonalari bilan yaqindan tanishdi.



TDYU “Intellektual mulk huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan Xalqaro intellektual mulk kuniga bag‘ishlab “Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Xalqaro anjumanda O‘zbekiston, AQSh, Avstraliya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Konferensiya ma’ruzalarida intellektual mulk huquqini takomillashtirish, muallif va huquq egalari hamda aholi manfaatlariga rioya etish xususida so‘z yuritildi.


TDYU “Umumta'lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Minavvarxon Yunusova tomonidan “Hamkorlar va mijozlarda yaxshi taassurot hosil qilish usul va talablari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsiga TDYU “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi professori Zamira Esanova va “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi professori Gulchexra Tulaganova taklif qilindi.

Darsda yuristning kasbiy faoliyatida yaxshi taassurot hosil qilish usul va talablari hayotiy misollar bilan batafsil tushuntirib berildi.



TDYU “Umumta'lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Rahmon Qo‘chqorov tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

“Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya” modulining “Advokat, tergov va prokuratura xodimlari hamda sudyaning kasb axloqi” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotni TDYU professori, yuridik fanlar doktori Mirodil Baratov olib bordi.

Mashg‘ulotda qonunlar va qonunosti hujjatlari asosida huquqshunoslik kasbining o‘ziga xos jihatlari, zamonaviy yuristdan talab etiladigan kasbiy va insoniy ko‘nikmalarga ta’rif va tavsif berildi.



TDYU “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilafruz Azimova tomonidan “Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya” moduli doirasida “Hamkorlar va mijozlarda yaxshi taassurot hosil qilish usul va talablari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsiga kafedra katta o‘qituvchisi Firuza Xusainova taklif qilindi.



TDYU “Umumta'lim fanlar va madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi Firuza Xusainova tomonidan "Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya" moduli doirasida "Hamkorlar va mijozlarda yaxshi taassurot hosil qilish usul va talablari" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsiga TDYU matbuot kotibi Jahongir Haydarov taklif etildi.

Mutaxassis kasbiy tajribasidan kelib chiqib, uzoq muddatli maqsadga erishish va tizimli yondashuvni rivojlantirish zarurati, ish beruvchilar qadrlaydigan ko‘nikmalar, suhbatdoshda birinchi ijobiy taassurotni uyg‘otish vositalari haqida ma’lumot berdi.



TDYU “Umumta'lim fanlar va madaniyat” kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Toshpo‘lotov va D.Alayeva hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi Axborot xizmati rahbari, Xalqaro aloqalar va protokol bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Mirziyo Sodiqov hamkorligida, “Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya” modulidan “Hamkorlar va mijozlarda yaxshi taassurot hosil qilish usul va talablari” mavzusi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.



 TDYU “Intellektual mulk huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy bog‘lash, ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllanishida ko‘mak berish sud muhokamasi sahna ko‘rinishi (sud imitatsiyasi) tashkil etildi.

Mashg‘ulotda Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Qosim Avezov ishtirok etdi.

Mahorat darsi davomida talabalar mualiflik xuquqlari va tovar belgilariga bo‘lgan huquqlarning buzilish natijasida taraflar o‘rtasida kelib chiqqan nizoni protsessual qonun normalariga muvofiq tarzda sud muhokamasida ko‘rib chiqdi.

Yakunda talabalarga sudya Q.Avezov tomonidan sud jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.



TDYU Axborot-resurs markazida amerikalik madaniyatshunos va tarjimashunos Mark Eduard Riz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Xoshimxonov, “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri O.Toshmatov va kafedra professor-o‘qituvchilari, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri N.Ramazanov va kafedra professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvda Mark Riz o‘z tarjimonlik faoliyati va tajribasida uchragan qiziqarli ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. 



Xurshida Abzalova ilmiy maktabi doirasida Qurolli kuchlar akademiyasining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, polkovnik Adxamjon Axmedov tomonidan “Jinoyat huquqi” fanidan “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Leksiya davomida bo‘ysunish va harbiy shaʼnga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar, harbiy xizmatni o‘tash tartibiga va harbiy mulkni saqlash va undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlarga oid masalalar ko‘rib chiqildi.







TDYU “Umumtaʼlim fanlar va madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi Firuza Xusainova tomonidan "Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya" moduli doirasida "Huquqiy konsultatsiya va muzokaralarni muvaffaqiyatli olib borish metodikasi" mavzusida onlayn mahorat darsi tashkil etildi. 

Mahorat darsiga TDYU “Maʼmuriy va moliya huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi Maqsudjon Abduvaliyev taklif etildi.

Darsda kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan muzokaralar haqida asosiy maʼlumotlar bilan tanishtirib, uning muhim ko‘nikma ekanligi, hayotda yuksalishga erishish uchun xizmat qilishi, bo‘lajak huquqshunoslar uchun o‘z faoliyatlaridan juda muhim ko‘nikma ekanligi taʼkidlandi.



TDYU “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o`qituvchisi Muhammad Ali Turdialiyev tashabbusi bilan “Law and IT” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotni Xitoy fanlar akademiyasi ilmiy xodimi, Dr.Ammar Younas olib bordi.

Mahorat darsida IT Law va zamonaviy huquq tendensiyalariga alohida to`xtalib o`tildi.



TDYU “Umumtaʼlim fanlar va madaniyat” kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Toshpo‘lotov, J.Jo‘rayev, O‘.Sapayev va TDYU Yuridik klinika yetakchi mutaxassisi Muxriddin Shamsiddinov tomonidan “Huquqiy konsultatsiya va muzokaralarni muvaffaqiyatli olib borish metodikasi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.



Hodisalar

Barcha e'lonlar