Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Odil sudlovning dolzarb masalalari yoshlar nigohida” mavzusida onlayn xalqaro talabalar konferensiyasi o‘tkazildi

ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tgan onlayn anjumanda M.S.Narikbaev nomidagi Qozog‘iston gumanitar yuridik universiteti, O.E.Kutafin nomidagi Moskva davlat yuridik universiteti, D.A.Kunayev nomidagi Yevroosiyo yuridik akademiyasi, Fransisk Skorina nomidagi Gomel davlat universiteti, Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Belorussiya davlat universiteti, Saratov davlat yuridik akademiyasi talabalari ishtirok etishdi. 

Talabalarni qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilishning dolzarb masalalariga jalb qilish, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini faollashtirish, shuningdek, o‘zaro tajriba va bilim almashish uchun yagona platformani yaratish maqsadida tashkil etilgan xalqaro anjuman doirasida “Jinoyat-huquqiy siyosat va uning istiqbollari”, “Jinoyat-protsessual huquqi: muammolar va ularni hal qilish usullari”, “XXI asrdagi adolat: davlat organlarining ishtiroki”, “Kriminalistika va sud ekspertizasini raqamlashtirish sharoitida” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. 

Tadbirlar davomida mavzular yuzasidan malakali mutaxassislar hamda talabalarning ma’ruzalari tinglanib, sohalarga oid muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi. 

Yakunda har bir yo‘nalish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. 

Eslatib o‘tamiz, xalqaro konferensiya natijalariga ko‘ra maqolalar to‘plami nashr etiladi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar