Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Jessup Moot — 2023 boshlandi

“Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition — 2023” tanlovining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilgi tanlovning global raundlarida dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan 120 ta jamoa ishtirok etmoqda. Ushbu xalqaro tanlovda Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Jamoamizning global raundlardagi ilk raqibi Iroqdagi Amerika universiteti jamoasidir.

Ma’lumot uchun: “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition” sud jarayonlari bo‘yicha 1960-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan dunyodagi eng katta xalqaro tanlovlardan biri bo‘lib, unda 100 ta mamlakatdan huquqshunoslik yo‘nalishidagi 700 ga yaqin ta’lim muassasasi g‘oliblik uchun bellashadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro sudidagi ikki mamlakat o‘rtasidagi nizo simulyatsiyasi tarzida ingliz tilida o‘tkaziladigan bahslarda 2000 nafarga yaqin talaba ishtirok etadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar