Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Oliy suddagi “Amaliy huquqshunoslik” kafedrasida sayyor dars tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universitetining 1-bosqich talabalari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotda Oʻzbekiston Respublikasi sud hokimiyati, sud tizimida amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan oʻzgarishlar, Oliy sudning sudlar faoliyatidagi oʻrni va ahamiyati, odil sudlov sohasini takomillashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Sayyor dars doirasida talabalar Oliy sud Plenum zali va muzeyi bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun: 2020-yil 19-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida Toshkent davlat yuridik universitetining “Amaliy huquqshunoslik” kafedrasini tashkil qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar