Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Yurisprudensiya” huquqiy ilmiy-amaliy jurnalining navbatdagi soni uchun maqolalar qabuli boshlandi

Jurnalga taqdim etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
– maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida elektron shaklda yuborilishi lozim;
– maqola yo‘nalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlarga asoslangan, savodli tahrir qilingan, amaliy taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi zarur;
– maqolalarda berilgan ma’lumotlar ilmiy jihatdan yangi va takrorlanmagan bo‘lishi lozim, ko‘chirmachilik (plagiat) aniqlangan holatda maqola qabul qilinmaydi;
– ilmiy maqola soha mutaxassisi tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lishi va taqriz bilan birga topshirilishi lozim;
– maqolada muallif(lar)ning elektron pochta, telefon raqami, ORCID ID ko‘rsatilishi kerak.

Taqdim etilgan maqolalar jurnal tahrir hay’ati va taqrizchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra nashrga tavsiya etiladi.

Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan, mavzusi va yo‘nalishlari mos kelmaydigan maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Ilmiy maqola matnini lawjournal@tsul.uz pochta manzili yoki Tahririy-nashriyot bo‘limining +998944380899 telegram raqamiga yuborish lozim.

Maqolalar 5-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Eslatma: tahririyatga kelib tushgan maqolalar soni joriy son uchun yetarli bo‘lganda, maqola qabul qilish to‘xtatiladi.

Muallif maqolada keltirilgan dalil va ma’lumotlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Tahririy-nashriyot bo‘limining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanalidan olishingiz mumkin: @tdyutnb

Koordinator:
Orifjon Choriyev, TDYU Tahririy-nashriyot bo‘limi boshlig‘i.
Ma’lumot uchun telefon raqamlari: +998 71 233-66-36 (1169).

Hodisalar

Barcha e'lonlar