Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Polshada O‘zbek huquqi markazi ochiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Tashkulov Gdansk universiteti yuridik fakulteti dekani oʻrinbosari Marchin Viszovati, fakultet porfessori Edvardas Juchnevichius bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Toshkent davlat yuridik universitetida Polsha huquqi markazini, Gdansk universitetida esa O‘zbek huquqi markazini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Tadbirda ushbu markazlarning ochilishiga elchixonalarni jalb qilish, ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilish va bu jarayonda turli targ‘ibot aksiyalarini o‘tkazish, markazlarning talabalari uchun stipendiyalarni joriy etish hamda muassasalarni adabiyot bilan ta’minlash borasida fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida joriy yilning dekabr oyidan TDYU qoshidagi Polsha huquqi markazi hamda Gdansk universiteti qoshidagi O‘zbek huquqi markazini faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar