Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Yuridik texnikumlarning 51 nafar bitiruvchisi suhbat asosida TDYU talabasi bo‘ldi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanmaga ega bo‘lgan bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga yakka tartibdagi suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga kirish huquqiga ega.

Joriy yilda Adliya vazirligi yuridik texnikumlarini tamomlagan 51 nafar o‘quvchi TDYUga suhbat asosida qabul qilindi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan deyarli 6 barobar ko‘pdir.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda yuridik texnikumlarning 9 nafar bitiruvchisi TDYU talabasi bo‘lgan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar