Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

N.I.Lobachevskiy nomidagi Milliy tadqiqot Nijniy Novgorod davlat universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan qoʻshma ta’lim dasturiga kirish sinovlarining 1-bosqich natijalari e’lon qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti hamda N.I.Lobachevskiy nomidagi Milliy tadqiqot Nijniy Novgorod davlat universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan qoʻshma ta’lim dasturiga kirish sinovlarining 1-bosqich natijalari e’lon qilindi.

“Rus tili” va “Jamiyatshunoslik” fanlaridan umumlashtirilgan natijalar bilan quyidagi link orqali tanishish mumkin...

NNDU qaydnomalari...

NNDUga oʻqishga qabul qilish qoidalariga koʻra “Rus tili” fanidan kamida 40 ball, “Jamiyatshunoslik” fanidan kamida 45 ball toʻplagan abituriyentlar kirish sinovlarining 2-bosqichi – rus tilidan test sinovlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Bu testlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.

2-bosqichdagi test sinovlarining oʻtkazilish joyi va vaqti haqida qoʻshimcha ravishda xabar beriladi.

NNDUga oʻqishga qabul qilish qoidalari bilan tanishish...⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar