Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU vakillari “Xitoy — Markaziy Osiyo” xalqaro forumida ishtirok etdi

Urumchi shahrida Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni hamda Xitoy siyosiy fanlar va huquq universiteti tomonidan huquqiy madaniyat almashinuvi va o‘zaro o‘rganish bo‘yicha “Xitoy — Markaziy Osiyo” forumi tashkil etildi.

Markaziy Osiyo davlatlarining yuridik oliygohlari va Xitoyning 15 ta yetakchi universiteti vakillari qatnashgan anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti dekani Bekzod Musayev, Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professori Amanulla Muxamedjanov, Xalqaro grantlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Viktoriya Soliyeva va Yuridik klinika uslubchisi Aygerim Aripbayevadan iborat universitet delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Forum doirasida o‘tkazilgan konferensiyada A.Muxamedjanov “Raqamli texnologiyalar rivojlanishi sharoitida ta’lim huquqidagi zamonaviy muammolar” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir yakunida akademik almashinuv va tadqiqotlar uchun Xitoy — Markaziy Osiyo yuridik ta’lim alyansi ta’sis etildi.

Xalqaro forum davomida universitetimiz vakillari Ipak yo‘li iqtisodiy mintaqasining huquqiy hududiga tashrif buyurdi hamda xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiluvchi zamonaviy huquqiy institutlar, shuningdek, 100 dan ortiq filiali va 12 000 nafardan ziyod yuristi bo‘lgan Xitoyning yetakchi yuridik firmasi — “Yingke Law Firm” faoliyati bilan tanishdi.

TDYU delegatsiyasining ushbu forumda ishtiroki Xitoy va Markaziy Osiyo yuridik oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va ilmiy-ta’lim platformasini rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar