Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi katta oʻqituvchisi Shahnoza Almosova Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari ofisi tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Xalqaro anjuman doirasida Sh.Almosova QS reytingida 262-o‘rinda turuvchi Polshaning Varshava universiteti talabalari uchun “O‘zbekistonda gender siyosatni shakllantirishda gender stereotiplar” hamda “Gender tenglikni ta'minlash bo'yicha Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlari” mavzularida maʼruza qildi.
Ma’ruzalar doirasida talabalarga O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va ularning xalqaro standartlar bilan muvofiqligi, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, ularni siyosiy boshqaruvdagi ishtirokini mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, gender siyosati hamda milliy qadriyatlar va an’analar, ba’zi stereotiplar haqida fikr almashildi.