Boku shahrida IX Xalqaro turkiy dunyo ijtimoiy fanlar simpoziumi o‘tkazildi. Unda Toshkent davlat yuridik universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi vakillari — professor Gulnora Gulyamova, dotsentlar Shahnoza Ziyamuhammadova va Umida Po‘latova ishtirok etdi.
Xalqaro anjumanda Gulnora Gulyamova “Yuridik tilda shakl va mazmun muvofiqligi” mavzusida, Shahnoza Ziyamuhammadova “O‘zbek tilida yozma savodxonlikni rivojlantirish masalalari” mavzusida, Umida Po‘latova esa “So‘roq bayonnomasi: daliliy axborotni qayd etishda tilning roli” mavzusida ma’ruza qildi.
Simpozium yakunida TDYU vakillariga universitetning Axborot-resurs markazini boyitish uchun til va adabiyot bo‘yicha zamonaviy nashrlarning qimmatli nusxalari taqdim etildi.