Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Ozarbayjonning yetakchi universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Toshkent davlat yuridik universiteti va Ozarbayjon Respublikasining Boku davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan marosimda TDYU rektori Rahimjon Xakimov, Boku davlat universiteti rektori Elchin Babayev va oliy ta’lim muassasalarning ma’sul xodimlari ishtirok etdi.

Marosim avvalida ikki universitet rektorlari o‘z oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik aloqalari xususida ma’lumot berdi. 

Shuningdek, mazkur memorandumning mazmun-mohiyati haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Qayd etilganidek, universitetlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida imzolangan mazkur hujjat mamlakatimizda yuridik ta’lim va fanni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam hisoblanadi.

Ta’kidlash joiz, ushbu memorandum talabalar va o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv hamda bakalavriat va magistratura darajasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, tomonlarning xalqaro aloqalarini kengaytirishga ko‘maklashish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro grantlar, konferensiya va tanlovlarda ishtirok etish va ilmiy maqola va adabiyotlarni hamkorlikda chop etish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Boku davlat universiteti 1919 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda universitet qoshida 37 ta tabiiy va ijtimoiy fanlarga ixtisoslashgan ilmiy markaz va laboratoriyalar faoliyat olib boradi. Boku davlat universiteti 17 ta yo‘nalish bo‘yicha bakalavr, magistrant va doktorantlarni tayyorlaydi. Universitet Yevrosiyo universitetlari assotsiatsiyasi, Kaspiy dengizi davlatlari universitetlari assotsiatsiyasi, Qora dengiz universitetlari tarmog‘i, Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi.


Toshkent davlat yuridik universiteti
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi









image widget
Hodisalar

Barcha e'lonlar