Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik qiladi

Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti vakillaridan iborat delegatsiya Italiyaga tashrifi doirasida Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti mutasaddilari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida TDYU va Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Muloqotda ikki muassasa o‘rtasida qo‘shma loyihalar, tadqiqotlar, tijorat mediatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha davra suhbati o'tkazish, talabalar uchun stajirovkalarni tashkil etishga kelishib olindi. 

Ma’lumot uchun, Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti qonun ustuvorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatlarda huquqiy islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi va uning bosh qarorgohi Rim shahrida joylashgan. Tashkilot doimiy ravishda tinchlik, qonun ustuvorligi, ijtimoiy taraqqiyot va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida huquqiy tizimni isloh qilish borasida mamlakatlarga ko‘mak beradi.

Facebook | Instagram | LinkedIn | Telegram






Hodisalar

Barcha e'lonlar