Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish. “Umbrella clauses” qoidasi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

TDYU “Xususiy huquq” fakulteti tomonidan “Investitsiya huquqi” modulidan o‘tkazilgan mashg‘ulotni Nagoya iqtisodiyot universiteti professori Alisher Umirdinov olib bordi. 

Dars davomida talabalarga investitsiyalarni himoya qilish, investorlar huquqlarining kafolatlari, ularning zaruriyati, “Umbrella clauses” qoidasi, investitsiya nizolari va kafolatlariga oid boshqa masalalar xususida ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

Dars yakunida professor A.Umirdinov talabalarga “Investitsiya huquqi” modulini o‘rganish bo‘yicha qator xorijiy adabiyotlarni tavsiya qildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar