MUROJAAT QILISH

Fuqarolar qabuli

Qabul kuni va soati

Lavozimi

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Aloqa telefoni va elektron pochta manzili

1

Payshanba

15:00 – 17:00

Rektor

Hakimov Rahimjon Rasuljonovich

Теl.: 233-41-09
Faks: 233-37-48
Ichki: 1011
e-mail: r.hakimov@tsul.uz

2

Dushanba

15:00 – 18:00

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Rustambekov Islambek Rustambekovich

Теl.: 232-07-23
Ichki: 1012
e-mail: i.rustambekov@tsul.uz

3

Seshanba

     15:00 – 18:00

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor

Umarov Dilshodjon Ma'rufovich

Теl.: 236-66-36
Ichki: 1013
e-mail: dumarov@tsul.uz

4

Chorshanba

15:00 – 18:00

ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Salaev Nodirbek Saparbaevich 

Теl.: 233-45-69
Ichki: 1014
e-mail: nodirbek.salaev@tsul.uz

5

Juma

15:00 – 18:00

Moliya-iqtisod masalalari bo’yicha prorektor

Bobojonov Boboxon Pulatovich

Теl.: 232-66-36
Ichki: 1015
e-mail: b.bobojonov@tsul.uz

Toshkent davlat yuridik universitetida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqilishi natijalari

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqilishi O'zbekiston Respublikasining  “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 11-maydagi “O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risida”gi  144-um-son buyrug'i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida tashkil etilgan.

Jumladan, Toshkent davlat yuridik universitetida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish to'g'risidagi yo'riqnoma yanada takomillashtirilib, universitet rektorining 2017-yil 14-oktyabrdagi 08-386-sonli buyrug'i bilan Toshkent davlat yuridik universitetida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish to'g'risidagi yo'riqnoma tasdiqlangan.

Universitetda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining elektron murojaatlarini qabul qilinishini tashkil etish maqsadida universitet rahbariyati tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish vaqti va joyi ko'rsatilgan jadval aks ettirilgan.

Murojaatlar bilan ishlash natijalari ommaviy axborot vositalari yoritish hamda universitet rasmiy veb-saytida e'lon qilish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, ijtimoiy tarmoqdagi telegramm messendjerida @tdyu_murojaat_bot nomli alohida sahifa tashkil etilgan hamda ushbu sahifa orqali jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga universitet professor-o'qiutvchilari tomonidan muntazam ravishda elektron tarzda javob berib kelinmoqda.

         Universitet tomonidan 2019-yil yakuni bo'yicha murojaatlar bilan ishlash faoliyati tahlil qilindi. Tahlil natijalari, o'tgan yilda universitetga kelib tushgan murojaatlar asosan qabul komissiyasi ma'sul kotibi, O'quv-uslubiy boshqarma, Kadrlar bo'limi va universitet arxivi faoliyatiga taalluqli bo'lganligini ko'rsatadi.

         Universitetga 2019 yil yanvar`-dekabr` oylari mobaynida jami 1819 ta jismoniy shaxslardan murojaatlar kelib tushgan bo'lib, ulardan 1637 tasi xatlar orqali yozma, 182 tasi og'zaki ko'rib chiqilgan.

         Adliya vaziri o'rinbosari – rektor tomonidan qabul qilingan shaxslar soni
182 ta, prorektorlar tomonidan qabul qilingan shaxslar soni 64 ta, bevosita idorada qabul qilingan shaxslar soni 45, sayyor qabullarda qabul qilingan shaxslar soni
137 ta, мurojaatlarning 318 tasi mazmunan hal etilgan, 1488 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan, 11 ta ish jarayonida (hisobot davrida)
2 ta murojaat tegishliligi bo'yicha ko'rib chiqish uchun vakolatli organlarga yuborilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 11 tasini shikoyatlar, 1808 tasini arizalar va takliflar tashkil qiladi.

Murojaatlarning 24 tasi Prezident virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan.

Tahlillar shuni ko'rsatdiki, universitetga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati o'quv jarayoni hamda qabul masalalariga taalluqlidir.

Toshkent davlat yuridik universiteti va “Yoshlar” teleradiokanali AJ hamkorligida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy huquqlari mazmun-mohiyatini yoritib borishga hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada

yuksaltirishga yo'naltirilgan “Yuridik klinika” eshittirishi tashkil etilgan.

Toshkent davlat yuridik universiteti qabul komissiyasi tomonidan oliy ta'lim

muassasalariga o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizom mazmun-mohiyati  bo'yicha abiturientlar va ularning ota-onalariga muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent davlat yuridik universitetiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib

tushgan murojaatlar bilan ishlash faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida barcha tarkibiy bo'linma rahbarlari ishtirokida universitet Kengashi va haftalik yig'ilishlarida ushbu yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar muntazam muhokama etib borilmoqda.