Qabul komissiyasi

Qabul komissiyasi 2020/2021

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar diqqatiga!

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga kirish bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari joriy yilning 19 sentabr kuni Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan Talabalar shaharchasi xiyobonida o‘tkaziladi.

Qaysi sektor va smenada test topshirishingiz borasidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan abiturient ruxsatnomasini tsul.dtm.uz platformasi orqali chop etib olishingiz mumkinligi ma’lum qilinadi.

Test sinovlari jarayonida tegishli fan (mutaxassislik fanlari va chet tili)lardan 75 ta savolni yechish uchun abiturientlarga 2 soat 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlari 2 smena (1-smena soat 08.00dan 10.30ga qadar, 2-smena soat 16.00dan 18.30ga qadar)da tashkil etiladi. Abiturientlardan tegishli hududga test sinovlari belgilangan vaqtdan ikki soat oldin kelish so‘raladi. Shaxsi tasdiqlanmagan va kechikib kelgan abiturientlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Test sinovlarida qatnashish uchun o‘zingiz bilan fuqarolik pasporti va abiturient ruxsatnomasini olib kelishingiz shart.

Qabul jarayoni haqidagi ma’lumotlar bilan universitetda tashkil etilgan Call-markaz (71 2331395 va 71 2336636 (ichki 1185)), rasmiy veb-sayt (tsul.uz) va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali batafsil ma’lumotlar olishingiz mumkin.

Barcha abiturientlarga test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlarida omadlar tilaymiz!

TOSHKENT DАVLАT YURIDIK UNIVERSITETI MАGISTRАTURАSIGА OʼQISHGА KIRISH UCHUN ROʼYXАTDАN OʼTGАN АBITURIENTLАR VА ULАRNING OTА-ONАLАRI DIQQАTIGА!

Toshkent davlat yuridik universiteti qabul komissiyasi 2020/2021 oʼquv yili uchun universitet magistraturasiga oʼqishga kirish boʼyicha Davlat test markazi tomonidan oʼtkaziladigan test sinovlarini oʼtkazish joyi va sanasi belgilanganligini maʼlum qiladi.

Test sinovlari joriy yilning 19 sentabr kuni Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan Talabalar shaharchasi xiyobonida oʼtkaziladi.

Test sinovlari jarayonida tegishli fan (mutaxassislik fanlari va chet tili)lardan 75 ta savolni yechish uchun abiturientlarga 2 soat 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlari 2 smena (1-smena soat 08.00dan 10.30ga qadar, 2-smena soat 16.00dan 18.30ga qadar)da tashkil etiladi. Аbiturientlardan tegishli hududga test sinovlari belgilangan vaqtdan ikki soat oldin kelish soʼraladi. Shaxsi tasdiqlanmagan va kechikib kelgan abiturientlar test sinovlariga qoʼyilmaydi.

Test sinovlarida qatnashish uchun oʼzingiz bilan fuqarolik pasporti va abiturient ruxsatnomasini olib kelishingiz shart.

Аbiturientlar hududga kirishda maxsus dezinfektsion yoʼlakdan oʼtishi, ularga tibbiy niqob berilishi, antiseptik vositalar ishlatilishi rejalashtirilgan.

Kim qaysi smenada test topshirishi va abiturient ruxsatnomasini chop etish masalasi boʼyicha qoʼshimcha axborot taqdim etiladi.

Qabul jarayoni haqidagi maʼlumotlar bilan universitetda tashkil etilgan Call-markaz (71 2331395 va 71 2336636 (ichki 1185)), rasmiy veb-sayt (tsul.uz) va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali batafsil maʼlumotlar olishingiz mumkin.

Barcha abiturientlarga test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʼtishlarida omadlar tilaymiz!

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI REKTORINING ABITURIENTLAR VULARNING 
OTA-ONALARIGA MUROJAATI

Hurmatli abiturientlar, muhtaram ota-onalar!

Avvalambor, 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida aynan Toshkent davlat yuridik universitetini tanlaganingiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Guvohi bo‘layotganingizdek, ayni kunlarda qabul jarayonlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib, test sinovlarini adolatli, shaffof va yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Bugungi kunda dunyoda hukm surayotgan pandemiya holati hayotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani singari test sinovlarini o‘tkazish muddati va tartiblarini o‘zgartirishga ham sabab bo‘ldi. Zero, biz uchun har bir insonning hayoti, sog‘lig‘i hamma narsadan ustun, bebaho ne’matdir.

Mazkur sharoitda abiturientlar va ota-onalarning universitet qabul komissiyasiga qilayotgan ko‘plab og‘zaki va yozma murojaatlariga javoban, bu yilgi test sinovlarini tashkil etishga oid eng muhim masalalar bo‘yicha Sizlarga quyidagilarni ma’lum qilaman:

test sinovlarini joriy yilning 2 sentabridan boshlab 14 kun davomida o‘tkazish rejalashtirilmoqda;

bu yilgi test sinovlari respublika bo‘ylab 40ga yaqin yirik stadionlarda karantin qoidalariga to‘la rioya etilgan holda tashkil etiladi;

test sinovlarida ikkita fandan 60 ta savolni yechish uchun abiturientga 3 soat vaqt ajratiladi;

test sinovlarini 2 smenada tashkil etish rejalashtirilgan.

1-smena soat 08.00da, 2-smena 17.00da boshlanadi;

abiturientlar stadionga kirishda maxsus dezinfeksion yo‘lakdan o‘tishi, ularga tibbiy niqob berilishi, antiseptik vositalar ishlatilishi, shuningdek, test sinovlari ochiq osmon ostida bo‘lishi inobatga olinib, abiturientlarga oq bosh kiyim (kepka) tarqatilishi rejalashtirilgan;

test sinovlarini o‘tkazish joyi, sanasi va smenasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar abiturientlarga Davlat test markazi tomonidan test sinovlari boshlanishidan 10 kun oldin dtm.uz saytidagi har bir abiturientning shaxsiy kabineti orqali, shuningdek ular ro‘yxatdan o‘tganda tizimga kiritilgan telefon raqamlariga sms xabar yuborish orqali yetkaziladi.

Aziz abiturientlar va ota-onalar!

Qabul jarayonlarini halol, shaffof va adolatli o‘tkazish universitet qabul komissiyasining ustuvor vazifasidir. Sizlarga qabul jarayoni haqida  universitetda tashkil etilgan Call-markaz, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali batafsil ma’lumotlar berib borilmoqda. Sizda qabul bilan bog‘liq yana qanday savolingiz bo‘lsa, (71) 2331395
va (71) 2336636 raqamlari orqali qabul komissiyasi xodimlari bilan bog‘lanib, barcha zarur ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Qadrli abiturientlar va ota-onalar!

Sizlarni ishontirib aytamanki, Toshkent davlat yuridik universitetidagi qabul jarayonlari halol, shaffof va adolatli o‘tkaziladi. Men boshchiligimdagi universitet qabul komissiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan barcha ishlar va ko‘rilayotgan choralar, shubhasiz, ayni maqsadga to‘liq erishishga qaratilgan.

Barcha abiturientlarga test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlarida omadlar tilayman!

Sizlarga samimiy hurmat bilan,

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori R.Xakimov.


2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni, abiturientlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 20 iyundan onlayn tarzda boshlangan. Bu jarayon joriy yilning 20 iyul kuniga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Qabul jarayonlari Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi hamda universitetimizning qabul komissiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda olib borilmoqda. Abiturientlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan vazirlikning o‘zida hamda barcha oliygohlarda Call-markazlar tashkil etildi. Universitetimizning www.tsul.uz veb saytida qabulga oid barcha ma’lumotlar joylashtirildi.

Qabul jarayonlarini keng jamoatchilik uchun ochiq, oshkora va adolatli o‘tkazish universitet qabul komissiyasining eng muhim ustuvor vazifasi bo‘lib, yuqorida keltirib o‘tganimizdek Call-markaz, veb-saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali bu borada atroflicha ma’lumot berib borilmoqda.

Olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan ayrim nopok shaxslar tomonidan abiturientlarni oliygohlarga o‘qishga kiritib qo‘yishga qaratilgan noqonuniy hatti-harakatlar sodir etilmoqda. Afsuski qabul jarayoni adolatli va shaffof tashkil etilganiga qaramasdan mana shunday razil kimsalarning aldovlari va yolg‘on va’dalariga ishonib qolayoganlar ham yo‘q emas.

Shu bois har bir abiturient, ularning ota-onalaridan bu kabi aldovlarga ishonib qolmaslikni so‘raymiz. Farzandim hayotda o‘z o‘rnini topishda qiynalmasin, malakali mutaxassis va komil inson bo‘lib voyaga yetsin, desangiz uning qalbida adolat va haqiqat to‘yg‘usini tarbiyalang hamda o‘zingiz unga o‘rnak bo‘ling. Jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladigan kadrlarni tayyorlovchi universitet sifatida ishontirib aytamizki, faqat aql-zakovat, kuchli bilim orqaligina Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi bo‘lish mumkin.

Qabul jarayoni bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa, (71) 2331395 va (71) 2336636 raqamlari orqali qabul komissiyasi xodimlari bilan bog‘lanib, barcha ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Agarda qabul bilan bog‘liq noqonuniy hatti-harakatlarga yoki ta’magirlikka to‘qnash kelsangiz hech ikkilanmay universitetda tashkil etilgan (71) 2336636 (ichki raqamlar 1181 va 1035) ishonch telefoni yoki @tdyu_murojaat_boti orqali xabar qiling. Hech qaysi murojaat e’tiborsiz qolmaydi va qat’iy choralar ko‘riladi.

Barcha abiturientlarga to‘g‘ri va adolatli yo‘lda omad tilaymiz!

Raximjon Xakimov

2020/2021-oquv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta’lim yonalishlariga ta’lim tillari kesimi boyicha qabul parametrlari

Shifr

Ta’lim

yo‘nalishlari

Jami

Davlat granti asosida

To‘lov-kontrakt asosida

Jami

shulardan:

Jami

shulardan:

o‘zbek

rus

o‘zbek

rus

600

20

16

4

580

384

196

5240103

Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat

150

5

4

1

145

96

49

5240104

Yurisprudensiya: jinoyat-huquqiy faoliyat

150

5

4

1

145

96

49

5240105

Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi

150

5

4

1

145

96

49

5240106

Yurisprudensiya: halqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik

150

5

4

1

145

96

49

2020/2021 o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar bo‘yicha ma’lumot

20 iyul holatiga

Shifr

Ta’lim yo‘nalishlari

Qabul parametrlari

Ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar soni

Jami

O‘zbek

Rus

Jami

O‘zbek

Rus

600

400

200

13716

11046

2670

5240103

Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat

150

100

50

  3987

  3299

   688

5240104

Yurisprudensiya: jinoyat-huquqiy faoliyat

150

100

50

  4636

  3762

   874

5240105

Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi

150

100

50

  2464

  1930

   534

5240106

Yurisprudensiya: xalqaro huquq

va qiyosiy huquqshunoslik

150

100

50

  2629

  2055

   574

2020/2021-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura mutaxassisliklariga ta’lim tiliari kesimi bo‘yicha qabul parametrlari

Shifr

Mutaxassisliklar

Jami

Davlat granti asosida

To‘lov-kontrakt asosida

Jami

shulardan:

Jami

shulardan:

o‘zbek

rus

o‘zbek

rus

150

-

-

-

150

103

47

5A240101

Advokatlik

faoliyati

15

-

-

-

15

10

5

5A240102

Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish

15

-

-

-

15

10

5

5A240107

Sport

huquqi

10

-

-

-

10

7

3

5A240108

Davlat boshqaruvi

huquqi

30

-

-

-

30

21

9

5A240110

Biznes

huquqi

30

-

-

-

30

21

9

5A240115

Mehnat

huquqi

10

-

-

-

10

7

3

5A240116

Jinoyat qonunchiligini qollash nazariyasi va amaliyoti

25

-

-

-

25

17

8

5A240127

Intellektual mulk

va axborot texnologiyalari huquqi

15

-

-

-

15

10

5

2020/2021 o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar bo‘yicha ma’lumot

30 iyul holatiga

Shifr

Mutaxassisliklar

Qabul parametrlari

Ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar soni

Jami

O‘zbek

Rus

Jami

O‘zbek

Rus

150

103

47

  2746

  2289

    457

 5A240101

Advokatlik

faoliyati

15

10

5

   268

   222

    46

5A240102

Xalqaro arbitraj

va nizolarni

hal etish

15

10

5

   185

   145

    40

5A240107

Sport

huquqi

10

7

3

   161

   141

    20

5A240108

Davlat boshqaruvi huquqi

30

21

9

   693

   601

    92

5A240110

Biznes

huquqi

30

21

9

   426

   335

    91

5A240115

Mehnat

huquqi

10

7

3

   215

    184

    31

5A240116

Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi

va amaliyoti

25

17

8

   584

   500

    84

5A240127

Intellektual mulk

va axborot texnologiyalari huquqi

15

10

5

   214

   161

    53

 

Qabul komissiyasi tarkibi

F.I.Sh.

Lavozimi

1.

R.Xakimov

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, qabul komissiyasi raisi

2.

I.Rustambekov

Prorektor, qabul komissiyasi raisining o‘rinbosari

3.

A.Babadjanov

Magistratura bo'limi boshlig'i, qabul komissiyasi mas’ul kotibi

4.

E.Rahmatov

Dekan o‘rinbosari, qabul komissiyasi mas’ul kotibining o‘rinbosari (bakalavriatga qabul bo‘yicha)

5.

Sh.Saydullayev

Dekan, qabul komissiyasi mas’ul kotibining o‘rinbosari (magistraturaga qabul qilish bo‘yicha)

6.

M.Nodirov

Dekan o‘rinbosari, qabul komissiyasi mas’ul kotibining o‘rinbosari (moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha)

 

Fuqarolarni qabul qilish jadvali

F.I.Sh.

Qabul kunlari

Vaqt

1.

R.Xakimov

Payshanba

15.00 – 17.00

2.

I.Rustambekov

Seshanba

14.00 – 16.00

3.

A.Babadjanov

Dushanba, chorshanba, juma

10.00 – 16.00

4.

E.Rahmatov

Har kuni

10.00 – 16.00

5.

Sh.Saydullayev

Har kuni

10.00 – 16.00

6.

M.Nodirov

Har kuni

10.00 – 16.00

Abituriyеntlar uchun eslatma

BAKALAVRIATGA QABUL BO‘YICHA

2020/2021 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga abiturient sifatida onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2020 yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (shu kuni ham):

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz);

Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz);

belgilangan hududlarda Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

pasport;

o‘rta (11 sinf), o‘rta maxsus yoki kasb-hunar o‘quv muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi hujjat;

imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa).

Test sinovlari fanlar majmuasi va baholash mezonlari quyidagicha:

tarix fanidan jami 30 ta savol. Xar bir to‘g‘ri javobga 3,2 ball beriladi. Mazkur fandan to‘planishi mumkin bo‘lgan umumiy ball 96 ballni tashkil etadi;

chet tili fanidan jami 30 ta savol. Xar bir to‘g‘ri javobga 3,1 ball beriladi. Mazkur fandan to‘planishi mumkin bo‘lgan umumiy ball 93 ballni tashkil etadi.

Umumiy test sinovlaridan to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.

MAGISTRATURAGA QABUL BO‘YICHA

2020/2021 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura mutaxassisliklariga abiturient sifatida onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2020 yilning 1 iyulidan 30 iyuliga qadar (shu kuni ham):

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz);

Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz);

belgilangan hududlarda Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

pasport;

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun);

imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa).

Test sinovlari fanlar majmuasi va baholash mezonlari quyidagicha:

T/r

Shifr va mutaxassislik nomi

Test sinovlari o‘tkaziladigan

fanlar majmuasi

1.

5A240101 –

Advokatlik faoliyati

Fuqarolik protsessual huquqi;

Jinoyat huquqi

2.

5A240102 –

Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish

Fuqarolik protsessual huquqi;

Fuqarolik huquqi

3.

5A240107 –

Sport huquqi

Davlat va huquq nazariyasi;

Fuqarolik huquqi

4.

5A240108 –

Davlat boshqaruvi huquqi

Davlat va huquq nazariyasi;

Konstitutsiyaviy huquq

5.

5A240110 –

Biznes huquqi

Davlat va huquq nazariyasi;

Fuqarolik huquqi

6.

5A240115 –

Mehnat huquqi

Davlat va huquq nazariyasi;

Fuqarolik huquqi

7.

5A240116 –

Jinoyat qonunchiligini

qo‘llash nazariyasi va amaliyoti

Davlat va huquq nazariyasi;

Jinoyat huquqi

8.

5A240127 –

Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi

Davlat va huquq nazariyasi;

Fuqarolik huquqi

Barcha

mutaxassisliklar uchun

Chet tili

(ingliz, nemis, fransuz)

 

2020/2021 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati.

Yuklab olish

mutaxassislik fanlaridan jami 50 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 3,1 ball beriladi. Mazkur fandan to‘planishi mumkin bo‘lgan umumiy ball 155 ballni tashkil etadi;

chet tili fanidan jami 25 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 2,1 ball beriladi. Mazkur fandan to‘planishi mumkin bo‘lgan umumiy ball 52,5 ballni tashkil etadi.

Umumiy test sinovlaridan to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball 207,5 ballni tashkil etadi.

Abituriyentlarni onlayn ro'yhatga olish dasturi bo'yicha qo'llanma.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish miqdorlari

2020/2021 O‘QUV YILI UCHUN TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI BAKALAVRIATI VA MAGISTRATURASIDA TALABALARNI TO‘LOV-KONTRAKT BO‘YICHA O‘QITISH MIQDORLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ–4749-son qarorining 6-bandida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta'lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berilgan.

Shuningdek, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta'lim muassasalari rektorlari bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori haqidagi ma'lumotlarni bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida e'lon qilishi bo‘yicha vazifa yuklangan.

Mazkur vazifa ijrosini ta'minlash maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriati va magistraturasida talabalarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish miqdorlarini belgilash masalasi universitet kengashining 2020 yil 16 iyun kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari 5-son yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va belgilandi.

Universitet kengashi 2020/2021 o‘quv yili uchun talabalarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish miqdorlarini belgilashda, bugungi kunda dunyoda va mamlakatimizda hukm surayotgan pandemiya va karantin sharoitidan kelib chiqib, shuningdek talabalarni ushbu sharoitda ijtimoiy jihatdan keng qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini oldingi o‘quv yilidagi to‘lov miqdorlaridan oshirmagan holda belgilash bo‘yicha qaror qabul qildi.

Universitet kengashining tegishli qaroriga asosan 2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari quyidagicha belgilandi: 

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriati va magistraturasida 2019/2020 va 2020/2021 o‘quv yillari uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorlari to‘g‘risida taqqoslama ma'lumot                                                                                     

Ta'lim turi

(kunduzgi)

2019/2020

o‘quv yilidagi stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdori

2020/2021 o‘quv yilidagi o‘quv krediti miqdori

Bir o‘quv krediti qiymati

2020/2021 o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz to‘lov-kontrakt qiymati**

2019/2020 o‘quv yilidagi stipendiyasiz to‘lov-kontrakt qiymatiga nisbatan farqi

summada

MXTEKM

(679 330,0 so‘m)ga nisbatan, foizda*

А

1

2

3

4

5

6

7

1

Bakalavr

9 809 260,0

60

163 039,2

24%

9 782 352,0

-26 908,0

2

Bakalavr (xorijiy fuqarolar uchun)

17 000 000,0

60

278 525,3

41%

16 711 518,0

-288 482,0

3

Magistratura

11 167 920,0

90

122 279,4

18%

11 005 146,0

-162 774,0

4

Magistratura (xorijiy fuqarolar uchun)

19 000 000,0

90

210 592,3

31%

18 953 307,0

-46 693,0

** Ushbu miqdorlar tarkibida talabaga bir yillik stipendiya to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar ko‘zda tutilmagan.

* Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlari o‘zgarganda to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari mos ravishda o‘zgaradi.

O‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotlar bo‘yicha universitetda tashkil etilgan call center bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘langan holda ma’lumot olishingiz mumkin:

(71) 233-13-95;

(71) 233-66-36 (ichki raqam 1185);

(71) 233-66-36 (ichki raqam 1120);

(71) 236-28-06;

(71) 236-28-55.