Vakant lavozimlar

Tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

xodimning shaxsiy varaqasi (Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to‘g‘risidagi nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-obyektivka);

diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurslarida ta’lim olayotganlar bundan mustasno;

nomzodning pasport nusxasi.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar elektron shaklda yuborilishi ham mumkin.

Tanlov uchun ariza, ma’lumotnoma-obyektivka, diplom nusxasi, pasport nusxasini e-mail: info@tsul.uz elektron pochtasiga taqdim etishlari lozim.

Tanlov uchun ariza namunasi hamda nomzodlar uchun taxminiy savollar https://tsul.uz/uz/interaktiv-xizmatlar/ish-orni elektron manziliga joylashtirilgan.

Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari yuz berganda bu haqda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, @antikorbot telegram kanaliga yoki TDYuUning +99871 236-09-39 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:

pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa, – tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani;

mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;

harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;

qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo‘lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.