«ЮриторЪ» klubi ishtirokchilari uchrashuvi

dushanba 18 mart 2019
16 mart kuni «ЮриторЪ» klubining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Do‘stlar, o‘lkamizga bahor keldi! Shunday issiq va quyoshli kunlarda «ЮриторЪ» klubining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mavzusi og‘zaki nutq tuzish qoidalariga bag‘ishlandi. Klub trenerlari A.Fattaxova va R.Matenovlar interaktiv uslubda matn tuzish qoidalari hamda rus tilida nutqning o‘ziga xos xususiyatlari va qoidalari haqida tushuncha berdilar.

Bundan tashqari, dunyo xalqlari miliy bayramlari haqida chiqishlar tinglandi. Bunda o‘zbek milliy urf-odatlari va an’analariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv do‘stona va samimiy bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, «ЮриторЪ» klubi yangi a’zolarni kutib qolmoqda!