Yana bir doktorlik dissertatsiyasi muvaffaqqiyatli himoya qilindi

juma 27 dekabr 2019

2019-yil 26-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i, TDYU tayanch doktoranti Ramazonova Nargiza Abdirashidovna “Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti” mavzusida yuridik fanlar bo`yicha falsafa doktori (PhD)  darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Ushbu xodimni mazkur muvaffaqiyat bilan tabriklab, keyingi faoliyatlariga omad tilaymiz. Mazkur himoya yuridik ta'lim va huquqiy tizimimizning mustahkamlanishiga xizmat qilsin.