Xalqaro talabalar konferensiyasi bo'lib o'tdi

seshanba 05 may 2020
Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi tomonidan “Аxborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda kompyuter maʼlumotlaridan foydalanishning huquqiy jihatlari” nomli xalqaro talabalar konferensiyasi o'tkazildi

2020 yilning 05 may kuni soat 11.00 da Zoom dasturi orqali O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi, Qozog‘iston Respublikasi ilg‘or yuridik taʼlim muassasasi M.S. Narikbaev nomidagi QOZGYU universiteti, Chonnam milliy universiteti (Janubiy Koreya), hamda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari va magistrantlari ishtirokida Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi tomonidan “Аxborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda kompyuter maʼlumotlaridan foydalanishning huquqiy jihatlari” nomli xalqaro talabalar konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Konferensiya davomida ishtirokchilar kompyuter ma’lumotlari va axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning jinoiy-huquqiy tavsifi, axborot sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishda kompyuter ma’lumotlarini dalillar sifatida qo'llanilishi, jinoyat sud ish yurituvida elektron dalillarni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari hamda ushbu sohadagi boshqa dolzarb muammolar to'g’risida muhokama yuritdilar.

Tadbir davomida o'zaro fikr almashuvlar bo'lib o'tdi, natijada axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish jarayonida kompyuter ma’lumotlari, elektron dalillarni to'plashni takomillashtirish bo'yicha qator tavsiyalar ishlab chiqildi.