Xalqaro ilmiy-amaliy online konferensiya bo‘lib o‘tdi

juma 08 may 2020
Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi tomonidan kafedra doktoranti Dilbar Choriyevaning ilmiy-tadqiqot ishi doirasida va tashabbusi asosida “Ishni sudga qadar yuritishda himoyachi huquqlarini amalga oshirishni ta’minlash yo‘llari va bunda tergov sudyasi institutining zaruriyati: tarafdorlar va qarshilar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi o‘tkazildi

2020 yilning 07 may kuni soat 15.00 da Zoom dasturi orqali O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi, Oliy sud, prokuratura organlari, Advokatlar palatasi vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti doktorantlari, tadqiqotchilari, ilmiy jamoa vakillari hamda Germaniya, Kanada va Ukraina davlatlari va xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirokida “Ishni sudga qadar yuritishda himoyachi huquqlarini amalga oshirishni ta’minlash yo‘llari va bunda tergov sudyasi institutining zaruriyati: tarafdorlar va qarshilar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya davomida ishtirokchilar ishni sudga qadar yuritishda tortishuv prinsipining ta’minlanishi, bunda ayblov va himoya taraflarining teng protsessual imkoniyatlarda faoliyat olib borishi, bu jarayonda himoyachining protsessual imkoniyatlarini ta’minlashda dunyo davlatlari qonunchiligi va amaliyotida mavjud bo‘lgan Tergov sudyasi institutining ahamiyati, ushbu institutning xorijiy amaliyotdagi o‘rni hamda ushbu sohadagi boshqa dolzarb muammolar to‘g’risida muhokama yuritdilar.

Tadbir davomida o‘zaro fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi, xorijiy ekspertlar tomonidan qiziqarli va foydali ma’lumotlar berildi. Konferensiya yakunida ishni sudga qadar yuritishda himoyachining protsessual huquq va imkoniyatlarini oshirish yuzasidan qator tavsiyalar ishlab chiqildi.